Buronov Yusuf Xudaynazarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsarning asosiy kasalliklarini o‘rganish va kurash choralarini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx150.

Ilmiy rahbar: Marupov Abbosxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Amanov Shuxrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Nuraliev Xamra Xaydaralievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning turli xil tuproq iqlim sharoitida ekiladigan maxsar o‘simligining asosiy kasalliklarini aniqlash, ularning tarqalishi, zarari hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning ayrim bioekologik xususiyatlarini o‘rganib, ularga qarshi ilmiy asoslangan kurash tizimini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikada maxsar o‘simligining asosiy kasalliklari zang, qo‘ng‘ir dog‘lanish va fuzarioz ekanligi hamda ularning tarqalishi va keltiradigan zarari aniqlangan;

kasallangan maxsar o‘simligi namunalaridan ajratib olingan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi va ayrim bioekologik xususiyatlari aniqlangan;

maxsar navlarining kasalliklarga tolerantligi aniqlangan;

fermer xo‘jaliklarda qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarning kasalliklarga ta’siri aniqlangan;

maxsarning zang va fuzarioz kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan urug‘dorilagichlarning maqbul me’yorlari va qo‘llash muddatlari, biologik hamda iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;

maxsarning o‘suv davrida qo‘ng‘ir dog‘lanish va zang kasalliklariga qarshi qo‘llanilgan fungisidlarning maqbul me’yorlari va qo‘llash muddatlari, biologik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;

maxsarning asosiy kasalliklariga qarshi samarali himoya tizimi ishlab chiqilgan va fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Maxsarning asosiy kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:

zang va fuzarioz kasalliklariga qarshi «Vitavaks» va «Dividend» urug‘dorilagichlari Toshkent viloyatidagi «Turkiston Sayitazimov Xabibullo» fermer xo‘jaligida 10 gektar va Qashqadaryo viloyatidagi «Keldiyor Bozor», «Maxmatkarim» fermer xo‘jaliklarida 10-15 gektardan hamda «Qamay qorasuv lalmisi” fermer xo‘jaligida esa 10 gektar maydonda joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 26 fevraldagi 03-13/362-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 1,7-1,8 sentnergacha maxsar hosilini saqlab qolishga erishilgan;

maxsar urug‘i ekishdan oldin urug‘dorilagich preparatlar bilan dorilanib, so‘ng o‘suv davrida zang va qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalliklariga qarshi «Fal`kon» va «Titul» fungisidlari Toshkent viloyatidagi «Turkiston Sayitazimov Xabibullo» va Qashqadaryo viloyatidagi «Keldiyor Bozor», «Qamay qorasuv lalmisi» fermer xo‘jaliklarida 10 gektarlik maydonlarda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 16 apreldagi, 02/23-235-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 2,4-3,6 sentnergacha maxsar hosilini saqlab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish