Askarov Jaloliddin To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik subektlari faoliyatini huquqiy tartibga solish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu932.
Ilmiy rahbar: Azizov Xudoyqul Tojievich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Babaev Jaxongir Ismailbekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlik subektlarining tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish muammolarini va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarning davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatilganda talablar qo‘yilishi asoslangan;
raqobat bozorida tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik subektlari va davlat sanatoriylariga teng imkoniyat yaratish, yagona elektron platformaga kirish uchun xususiy sanatoriylarga imkoniyat berilishi va sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholini elektron axborot tizimi orqali hisobga olish maqsadida elektron platformani ishlab chiqish kerakligi asoslangan;
tibbiy faoliyatni lisenziyalash talablari va shartlarida lisenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarda tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatish kerakligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish zarur bo‘lganda ushbu ma’lumotlar transchegaraviy uzatilishi yoki aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish zarur bo‘lganda taqiqlanishi yoxud cheklanishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik subektlari faoliyatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan talablariga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 28-oktyabrdagi 37-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan Talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-maydagi 19-12806-son xati va Dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi imtiyozli toifaga kiruvchi subektlarga byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tibbiyot muassasalariga nisbatan aniq talablarni belgilashga xizmat qilgan;
sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholini elektron axborot tizimi orqali hisobga olish maqsadida elektron platformani ishlab chiqish kerakligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi 693-son VMQning 6-7 bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 20-dekabrdagi 12/22-02-son Dalolatnomasi). Mazkur taklif sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholini elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va xususiy sanatoriylar elektron axborot tizimiga ixtiyoriy tartibda ulanishga xizmat qilgan;
tibbiy faoliyatni lisenziyalash talablari va shartlarida lisenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarda tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 27-ilovasi (Tibbiy faoliyatni lisenziyalash pasporti)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 20-dekabrdagi 12/22-02-son Dalolatnomasi). Mazkur taklif vakolatli davlat organi tomonidan tibbiy faoliyatni lisenziyalashda aniq muddat belgilash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish zarur bo‘lganda ushbu ma’lumotlar transchegaraviy uzatilishi yoki aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish zarur bo‘lganda taqiqlanishi yoxud cheklanishiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi Qonunning 15-moddasi 3-qismi ikkinchi xatboshisi va 4-qismi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2023-yil 26-maydagi 02-08-264-son Dalolatnomasi). Ushbu taklif aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish zarur bo‘lganda shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish, taqiqlash va cheklashni belgilashga xizmat qilgan;
tibbiy xizmat, tibbiy faoliyat, teletibbiyot va uning prinsiplariga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasining 4-5 moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-maydagi 19-12806-son xati va Dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasida tibbiy xizmatga oid asosiy tushunchalarni, ularning prinsiplarini belgilash va aniqlashda xizmat qiladi.