Artikov Askar Akbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport o‘yinlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda texnik-taktik harakatlarni bajarish aniqligini optimallashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Ped101.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xonkeldiev Sher Hakimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Mirjamolov Mehriddin Xayriddinovich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sportning o‘yin turlarida texnik-taktik harakatlarning maqsadli aniqligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, sportchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi pedagogik ta’sirlar majmuasini ilmiy-nazariy va eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportning o‘yin turlarida organizmning toliqish darajasi va sportchining harakatlanish tezligi mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan harakatlanish tezligining yuqori shiddatda (V=5-6,11 m/s dan katta) hamda anaerob-glikoletik sharoitdagi mashqlarni bajartirish hisobiga yuklamadan so‘ng (basketbolchilarda 5 ta nuqtadan to‘pni savatga tashlash, gandbolchilarda to‘pni darvozaga tashlash, futbolchilarda darvozaga zarba berish va kvadratga tushirish) texnik usullarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
sport o‘yinlaridagi mashg‘ulotlarda texnik usullarni maqsadli aniqligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan mashqlarning hajmini va shiddatini baholagan holda individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni bajarishda (120 zar/daq.gacha, 121-140 zar/daq., 141-160 zar/daq, 161 zar/daq.dan yuqori bo‘lgan) yuklamalar shiddatini musobaqa o‘yinlarining talablariga muvofiq o‘zgartirish hisobiga musobaqalarda sportchilarning texnik-taktik harakatlarni bajarish  imkoniyatlari kengaytirilgan;
sportchilarning texnik usullarni mashg‘ulot va musobaqa o‘yinlarida bajarilgan yuklama shiddatini taqqoslagan holda mashg‘ulotlarida texnik usullar aniqligini takomillashtirish uchun harakatlanish tezliklarida  funksional tayyorgarligi (V1= 2 m/s gacha; V2 = 2,3-3,9 m/s; V3 = 4,0-4,9 m/s; V4 =5,0-6,11 m/s va V5 = 6,12 m/s dan oshiq YuQS 100-120 zar/daq; 121-140 zar/daq; 141-160 zar/daq. va 160 zar/daq. dan) yuqori shiddat zonalarini nazorat qilish hisobiga mashqlarni yuklama shiddatini rejalashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
sport o‘yinlarida mashg‘ulotlarni texnik usullarni aniqligini takomillashtirish texnologiyasini samarali tashkil etish uchun texnik-taktik harakatlarni bajarishdagi musobaqa saviyasi va turli vaqtlarda ularning o‘zgarishi (basketbolchilarda to‘pni uzatish va savatga tashlash, gandbolchilarda to‘pni uzatish va darvozaga otish, futbolchilarda to‘pni uzatish, to‘pni olib qo‘yish va darvozaga zarba berish) hamda to‘p uzatmalarini (harakatsiz va harakatda)  dinamikasini baholash hisobiga musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik ta’sirlar majmuasi takomillashtirilgan;
sport o‘yinlaridagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun “Cardi”  dasturi asosida funksional holatini baholagan holda “Polar” tizimida yurak qisqarish soni (YuQS) hamda harakatlanish tezligi va video tahlilda nazorat qilish orqali mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga mo‘ljallangan vositalarni sportchilarning toliqish darajasi (katta, o‘rta, kichik) asosida  innovatsion texnologiyani ishlab chiqish hisobiga texnik usullarni maqsadli aniqligi takomillashtirilgan;
sportchilarning mashg‘ulot jarayonining turli shiddat zonalarida texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish hisobiga 120-140 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va guruhli, 141-160 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va jamoaviy va  161 zar/daq. dan yuqori shiddat zonasida bajariladigan individual, guruhli va jamoaviy topshiriqlarda toliqish darajasini inobatga olib bajariladigan ixtisoslashtirilgan mashqlarning model tavsifi ishlab chiqish hisobiga mashqlar gradatsiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbol, gandbol va basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida qatnashadigan jamoalarda olib borilgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari davomida innovatsion texnologiyalardan foydalanish natijasida:
sportning o‘yin turlarida organizmning toliqish darajasi va sportchining harakatlanish tezligi mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan harakatlanish tezligining yuqori shiddatda (V=5-6,11 m/s dan katta) hamda anaerob-glikoletik sharoitdagi mashqlarni bajartirish bo‘yicha takliflar Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinatining yoshlar jamoasi mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan yuqori malakali futbolchilarda texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish uslubiyati texnik-taktik harakatlar hajmining 21,1% ga (P≥0,05) oshgan;
sport o‘yinlaridagi mashg‘ulotlarda texnik usullarni maqsadli aniqligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan mashqlarning hajmini va shiddatini baholagan holda individual, guruhi va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni bajarishda  yuklamalar shiddatini musobaqa o‘yinlarining talablariga muvofiq o‘zgartirish bo‘yicha takliflar basketbol va gandbol bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabining 16-17 yoshlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada “engib o‘tuvchi” uzatmalar 19,6% gacha; — “o‘tkir” uzatmalar 17,2% gacha, futbolchi yuqori tezlikda harakatlanayotganda to‘pni uzatish aniqligi 14,6% ga oshgan;
sportchilarning texnik usullarni mashg‘ulot va musobaqa o‘yinlarida bajarilgan yuklama shiddatini taqqoslagan holda mashg‘ulotlarida texnik usullar aniqligini takomillashtirish uchun harakatlanish tezliklarida  funksional tayyorgarligi  yuqori shiddat zonalarini nazorat qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston terma jamoasi (U-17) o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada texnik-taktik harakatlarlar hajmi 15,2% ga, o‘yin usullarining aniqligi 23,0% ga oshgan;
sport o‘yinlarida mashg‘ulotlarni texnik usullarni aniqligini takomillashtirish texnologiyasini samarali tashkil etish uchun texnik-taktik harakatlarni bajarishdagi musobaqa saviyasi va turli vaqtlarda ularning o‘zgarishi (basketbolchilarda to‘pni uzatish va savatga tashlash, gandbolchilarda to‘pni uzatish va darvozaga otish, futbolchilarda to‘pni uzatish, to‘pni olib qo‘yish va darvozaga zarba berish) hamda to‘p uzatmalarini (harakatsiz va harakatda)  dinamikasini baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston terma jamoasi (U-20) o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada “teng ikkiga bo‘lingan darvozaga 5 ta zarba berish” da 44,4% ga, “slalom” da 7,2% ga, “1 m va 0,5 m darvozalar orqali to‘pni 30 m ga olib borish” 7,4% ga, “to‘pga uzoqqa va aniqlikka zarba berish” da 6,6% ga oshgan;
sport o‘yinlaridagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun “Cardi”  dasturi asosida funksional holatini baholagan holda “Polar” tizimida yurak qisqarish chastotasi (YuQS) hamda harakatlanish tezligi va video tahlilda nazorat qilish orqali mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga mo‘ljallangan vositalarni sportchilarning toliqish darajasi (katta, o‘rta, kichik) asosida  innovatsion texnologiyani qo‘llash bo‘yicha takliflar  Gandbol bo‘yicha oliy liga jamoasi va O‘zbekiston terma jamoasi (U-23) o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada “o‘rta masofadan 5 ta nuqtadan tashlashlar” da 17,6% ga;- “jarima tashlashlari” da 10% ga;- “5 ta nuqtadan halqaga tashlashlar” da 6% ga oshgan;
sportchilarning mashg‘ulot jarayonining turli shiddat zonalarida texnik usullarning maqsadli aniqligini takomillashtirish hisobiga 120-140 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va guruhli, 141-160 zar/daq. shiddat zonasida bajariladigan individual va jamoaviy va  161 zar/daq. dan yuqori shiddat zonasida bajariladigan individual, guruhli va jamoaviy topshiriqlarda toliqish darajasini inobatga olib bajariladigan ixtisoslashtirilgan mashqlarning model tavsifini qo‘llash bo‘yicha takliflar Paxtakor FK yoshlar jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-fevraldagi №02/01-01/06/131005 ma’lumotnomasi). Natijada 120-140 zar/daq. da – aniq uzatmalarning hajmi 15,2% ga va aniqligi 8,4% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish