Xo‘jamiyarov Sa’dullo Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabgacha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirishda tarbiyachi va ota-ona hamkorligini ta’minlash metodikasini takomillashtirish (katta maktabgacha yosh misolida), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1732.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019. Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xushnazarova Ma’mura Nodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda masʻuliyat hissini shakllantirishda tarbiyachi va ota-ona hamkorligini taʻminlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyachi va ota-ona hamkorligi vositasida mas’uliyat hissini shakllantirishning tashkiliy-metodik xususiyatlari “burch”, “javobgarlik” kabi ekzistensional komponentlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat mazmuniga shaxsiy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish orqali yo‘naltirish va didaktik implementasiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
tarbiyachi va ota-ona hamkorligi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish metodikasi differensial o‘quv muhitida dialogik munosabatlardagi qiynchiliklarni kuzatish taktikasiga ustuvorlik berish asosida integrativlik imkoniyatlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish modeli bola faoliyatida muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini ko‘rinishlari va ijobiy munosabatlarni shakllarini aniqlashtirishga ko‘ra o‘yin jarayoniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissining shakllanganligini baholash mezonlari akademik topshiriqlarni protsessual-kommunikativ va tashxisli jarayonda vaziyatni baholash va qaror qabul qilishga motivatsiyalovchi shartlarni sinergetik ta’sirda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgasha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirishda tarbiyashi va ota-ona hamkorligini ta’minlash bo‘yisha ishlab shiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyachi va ota-ona hamkorligi vositasida mas’uliyat hissini shakllantirishning tashkiliy-metodik xususiyatlari “burch”, “javobgarlik” kabi ekzistensional komponentlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat mazmuniga shaxsiy va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish orqali yo‘naltirish va didaktik implementasiya qilish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Resrublikasi Maktabgasha ta’lim vazirining 2019 yil 10 oktyabrdagi 05-1071-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgasha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 12 apreldagi 02-01/5-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgasha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi sohasidagi yutuqlar hamda maktabgacha ta’limga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirishning ta’sirshan metodlari, usullari, texnologiyalari va pedagogik-psixologik imkoniyatlari belgilangan;
tarbiyachi va ota-ona hamkorligi vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish metodikasi differensial o‘quv muhitida dialogik munosabatlardagi qiynchiliklarni kuzatish taktikasiga ustuvorlik berish asosida integrativlik imkoniyatlarini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qarori 1-ilova bilan tasdiqlangan umumiy tirdagi davlat va nodavlat maktabgasha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 12 apreldagi 02-01/5-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyashi va ota-ona hamkorligida maktabgasha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish jarayoni modeli motivatsion-maqsadli, subyekt-subyekt, mazmunli, rrotsessual-kommunikativ, tashxisli-natijaviy kabi tarkibiy tashkil etuvshilar faoliyatini sinergetik yondashuv imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
maktabgasha yoshdagi bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish modeli bola faoliyatida muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini ko‘rinishlari va ijobiy munosabatlarni shakllarini aniqlashtirishga ko‘ra o‘yin jarayoniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalari “Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 12 apreldagi 02-01/5-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim jarayonida AKTdan foydalangan holda o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil etishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.