Raxmonov Ubaydillo Normamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida Pleurotus ostreatus (Jacd.: Fr.) Kumm.ni etishtirish va uni zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilish», 06.01.06–Sabzavotchilik va 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx185.
Ilmiy rahbar: Gulmurodov Risqiboy Abdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Cho‘tbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Isomiddinov Ilxom To‘laevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: P.ostreatusni qishloq xo‘jalik va sanoat ishlab chiqarish chiqindilarida etishtirishning mahalliy sharoitga mos texnologik elementlarini izlab topish hamda zararkunanda va kasalliklardan himoya qiladigan kompleks tizimini nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
P.ostreatusni etishtirish uchun mahalliy sharoitga mos samarali №12 shtammi ajratib olingan, hamda ushbu mahalliy shtammga tashqi muhitning turli omillari ta’siri aniqlangan;
P.ostreatusning urug‘lik miseliysini etishtirish uchun boshoqli g‘alla donlarini o‘rniga g‘o‘za chigiti sheluxasini ishlatish samarali ekanligi aniqlangan hamda chig‘anoq qo‘ziqorinini etishtirishda mahalliy qishloq xo‘jalik chiqindilari - bug‘doy somoni, sholi doni qipig‘i va somoni, g‘o‘zapoya, g‘o‘za chanog‘i va g‘o‘za chigiti sheluxasi ishlatilib, ular orasidan chig‘anoq qo‘ziqorin etishtirish uchun g‘o‘za chanog‘i tavsiya qilingan;
respublika sharoitida P.ostreatusning mahalliy chiqindi xomashyolarida intensiv usulda etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
chig‘anoq qo‘ziqorini (P.ostreatus) urug‘lik miseliysini ifloslanishiga sabab bo‘ladigan mikroorganizmlar turlari aniqlanib, ularni mikrobiologik nazorat qilish usuli aniqlangan;
chig‘anoq qo‘ziqorini etishtirish davrida uning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan kasallik va zararkunandalarning tur tarkibi aniqlanib, uning meva tanalarini etishtirishda zarar keltiradigan kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
P.ostreatus qo‘ziqorinini sun’iy etishtirish va uni zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
P.ostreatus urug‘lik miseliysini g‘o‘za chigiti sheluxasida ko‘paytirish va chig‘anoq qo‘ziqorinini g‘o‘za chanog‘ida etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati O‘rtaChirchiq tumani “FRESH-ROZE” MChJ, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Bo‘ka oltin kuz” dehqon xo‘jaligida, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Guliston invest” MChJ fermer xo‘jaligida, Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “Fungi” markazida amalga oshirilgan bo‘lib, bu sinovlar har bir xo‘jalikda 200-460 m2 himoyalangan yopiq maxsus inshootlarda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 maydagi 02/029-38-son ma’lumotnomasi). Natijada substrat tarkibi somon bo‘lgan nazorat variantiga nisbatan hosildorlik 2,42 barobarga ko‘p bo‘lgan va chig‘anoq qo‘ziqorinini etishtirishda sof daromad 100 kg substratga nisbatan 262500 so‘mni tashkil etgan;
Toshkent viloyati xo‘jaliklarida chig‘anoq qo‘ziqorinini etishtirish kameralarda aniqlangan zararkunandalarga qarshi «Dimilin», 25% n.kuk. insektisidi, hamda «Fundazol», 50% n.kuk. va «Sporgon», 500 g/kg, n.kuk. fungisidlari joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksionerlik jamiyatining 2018 yil 18 maydagi 02-13/982-son ma’lumotnomasi). Natijada etishtirish kameralaridagi chig‘anoq qo‘ziqorinidan nazorat variantiga nisbatan har 100 kg substratdan o‘rtacha 11,5-11,8 kg hosilni saqlab qolishga erishilgan.