Raximov Tojidin Abdunumanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim g‘o‘za kasalliklariga bardoshlilikka umumiy va (+)-gossipol miqdorining ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx179.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Narimonov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologo-geografik uzoq chatishtirish uslubi asosida yaratilgan g‘o‘za duragaylari chigitidagi gossipol shakllari va miqdorining Rhizactonia. solani, Thielaviopsis. basicola, Xanthomonas. malvacearum kasalliklari bilan kasallanishiga ta’sirini o‘rganish asosida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan seleksion ashyolarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor chigitida turli gossipol shakli va miqdori bo‘lgan g‘o‘za nav namunalari hamda ularning ishtirokida olingan ekologo-geografik va genetik uzoq duragaylarning laboratoriya va dala sharoitlarida Rh. solani, Th. basicola, X. malvacearum kasalliklariga bardoshlilik darajasi aniqlangan;
izlanishlar asosida yaratilgan ekologo-geografik uzoq va genetik uzoq duragaylarda Rh. solani, Th. basicola, X. malvacearum kasalliklarga bardoshlilikning shakllanishi ilmiy asoslab berilgan;
ekologo-geografik va genetik uzoq g‘o‘za duragaylarida kasalliklarga bardoshlilik ilmiy asoslangan;
chigitdagi umumiy va (+)-gossipol miqdori hamda ayrim kasalliklar bilan zararlanishi orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
ekologo-geografik va genetik uzoq g‘o‘za duragaylari orasidan chigitida (+)-gossipol miqdori yuqori va kasalliklarga bardoshli oilalar ajratib olingan hamda genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekologo-geografik uzoq duragaylash uslubi asosida yaratilgan ayrim g‘o‘za kasalliklariga bardoshlilikka umumiy va (+)-gossipol miqdorining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
tezpishar, hosildor, tola chiqimi va chigiti tarkibida 90,8 % (+)-gossipol bo‘lgan hamda Rh. solani, Th. basicola, X. malvacearum kasalliklariga bardoshli «S-7301» g‘o‘za navi yaratilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 02/20-239-son ma’lumotnomasi). Yangi yaratilgan «S-7301» g‘o‘za navi 11 gektar maydonga kengaytirilgan;
g‘o‘zaning «S-7301» navini Davlat nav sinash komissiyasining Ellikqal’a, Kattaqo‘rg‘on, Chinoz, Boyovut, Piskent shahobchalarida sinovdan o‘tkazilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2017 yil 27 noyabrdagi 53/4-109-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza «S-6524» naviga nisbatan paxta hosildorligi gektariga 1,2-1,7 sentner, tola chiqimi bo‘yicha 1,5-2,0% yuqori bo‘lgan hamda rentabellik darajasi 20–25 foizni tashkil etgan;
yangidan yaratilgan «S-7301» g‘o‘za navi bo‘yicha Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani «Bek klaster» ma’suliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida 11 gektar maydonda dastlabki elita urug‘chilik ishlari amalga oshirilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 121-son ma’lumotnomasi). Natijada «S-7301» navining 300 kg elita urug‘lari tayyorlangan.