Yusupov Muxiddin Soatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt196.

Ilmiy rahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorining kon’yunkturaviy va narxlar tebranishlari (volotilligi)ni  barqarorlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining minimal daromad olishlarini ta’minlash maqsadida maksimal va minimal narxlardan foydalanib, davlat xarid va tovar intervensiyalarini amalga oshirish tavsiya etilgan;

iste’mol bozorlarini go‘sht mahsulotlari bilan to‘ldirish va ulardagi narxlarning barqarorligini saqlash maqsadida ekin maydonlari tarkibini diversifikatsiyalash va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqilgan;

davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda «imtiyozli kreditlash» o‘rniga «f`yuchers bitimlari»dan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surilgan;

qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturiy maqsad va vazifalari, quyi dasturlari, asosiy tadbirlar turlari va muddatlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari, ko‘zda tutilgan natijalar hamda iqtisodiy samaradorlikni baholash indikatorlarini o‘zida mujassamlashtirgan pasport orqali puxta asoslangan o‘rta va uzoq muddatli maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish taklif qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida

maksimal va minimal narxlardan foydalanib davlat xarid va tovar intervensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oziq-ovqat bozorlarida narxlar hamda talab va taklif nisbatlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi MM-3-2/20-34-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash oziq-ovqat bozorlarida taqchillik yoki ortiqcha mahsulot kirishi natijasida yuzaga keladigan narxlar tebranishini barqarorlashtirish hamda aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini bergan;

ekin maydonlari tarkibini diversifikatsiyalash va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashga oid tavsiyalar hukumat ishchi guruhi tomonidan iste’mol bozorlarini go‘sht mahsulotlari bilan to‘ldirish va ularning narxlarini asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi MM-3-2/20-34-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar iste’mol bozorlarini go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va narxlarning barqarorligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini yaratgan;

davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda «imtiyozli kreditlash» o‘rniga «f`yuchers bitimlari»dan foydalanish bo‘yicha tavsiyalari «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»ning 119-bandini shakllantirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi MM-3-2/20-34-son  ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosini etishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda bozor mexanizmlarini joriy etish va fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish  imkoni yaratilgan;

qishloq xo‘jaligini  rivojlantirish bo‘yicha o‘rta  va uzoq muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalari «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»ning 116-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi MM-3-2/20-34-son  ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligini o‘rta va uzoq muddatda kompleks rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya va davlat dasturini shakllantirish imkoni yaratilgan;

tadqiqotning ayrim natijalaridan bakalavriat ta’lim bosqichining «Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi)» yo‘nalishi o‘quv jarayoniga joriy etilgan «Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (28.02.2008 y.; №1646). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv qo‘llanmada foydalanish qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish