Karimova Zulfizar Lochinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu427.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Esanova Zamira Normuratovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Babaev Jaxongir Ismoilbekovich, yuridik fanlar doktori, professor; Safoeva Sadoqat Musoevna – yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"turmush o‘rtoqlar", "turmush o‘rtoqlarning shaxsiy nomulkiy munosabatlari" tushunchalarining ta’rifi ishlab chiqilib, shaxsiy nomulkiy munosabatlarning xususiyatlari keltirilgan;
vasiyat qiluvchining shaxsi bilan uzviy bog‘liq huquqlar doirasiga er-xotinlardan biri vafot etgan taqdirda ularning umumiy birgalikdagi mulkidagi ulushini kiritish zarurligi asoslangan;
qonunda er-xotinning umumiy vasiyatnomalarini notarialga tenglashtirilgan tartibda tuzishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq belgilash zarurligi asoslangan;
er-xotindan biri vafot etgan taqdirda ularning umumiy birgalikdagi mulkdagi aniqlanadigan ulushi meros tarkibiga kiritilmasligi asoslanga;
er-xotinning umumiy mulkini aniqlash, ulush ajratish va er-xotinning umumiy mulkining bo‘linmas qismini saqlab qolishning yangi mezonlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
vasiyat qiluvchining shaxsi bilan uzviy bog‘liq huquqlar doirasiga er-xotinlardan biri vafot etgan taqdirda, ularning umumiy birgalikdagi mulkidagi ulushini kiritish zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 13-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi er-xotinning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ushbu huquq meros bo‘lib o‘tmasligini va er-xotinning ulushlarini bo‘lish qonun hujjatlarida majburiy ravishda nazarda tutilmaganligini ko‘rsatgan;
er-xotinning umumiy vasiyatnomasini maxfiy ravishda tuzish mumkin emasligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 13-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi amaliyotda ularning irodasini tekshirish va aniqlashdagi qiyinchiliklarning oldini olgan;
qonunda er-xotinning umumiy vasiyatnomalarini notarialga tenglashtirilgan tartibda tuzishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq belgilash zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 13-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi amaliyotda ularning irodasini tekshirish va aniqlashdagi qiyinchiliklarning oldini olgan;
er-xotindan biri vafot etgan taqdirda ularning umumiy birgalikdagi mulkdagi aniqlanadigan ulushi meros tarkibiga kiritilmasligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 13-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulkidagi ulushni ajratish ularning mutlaq huquqi ekanligini va faqat ularga tegishli ekanligini ko‘rsatgan.