Saparov Murod Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kubroviya tariqatida komil inson kotsepsiyasining psixologik talqini”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xolnazarova Matlyuba Xolbo‘taevna, psixologiya  fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Najmiddin Kubro ta’limotida (Kubroviya tariqatida) komil inson konsepsiyasining psixologik g‘oyalarning mohiyatini ochib berish orqali uning shaxs tarbiyasidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barkamol shaxsni baholashning faktorli differensatsiyasi mezonlari vatanparvarlik, haqgo‘ylik, adolatlilik, beg‘arazlik, sobitqadamlilik sifatlarini shaxs yo‘nalganligiga integrativ rivojlanishi tufayli Kubroviya tariqatidagi umumpsixologik g‘oyalarni shaxs psixik taraqqiyoti qonuniyatlariga simbiozlash asosida dalillangan; 
shaxsdagi axloqiy ong, axloqiy his, axloqiy tafakkurni psixik taraqqiyotdagi genezisiga ko‘ra talabalar o‘quv faoliyatidagi ijtimoiy vaziyatlar, topshiriqlarni o‘zlashtirishida yuqori harakatchanlik, sinchkovlik, zukkolik hamda o‘zini nazorat qila olish bilan bog‘liq sub’ektiv omillarning autoidentifikatsiyada ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli talabalarning ma’naviy ehtiyojlarini psixologik talqin qilish jihatlari dalillangan;
komil inson haqidagi g‘oyalarning talabalar shaxs xususiyatlarini shakllanishiga ta’siri natijasida milliy g‘oya va mafkuraga sadoqatlilik, nutqiy qobiliyatlilik, vaqtni va vaziyatni chamalashdagi mantiqiylik, vaziyatni autent baholash, faoliyatda muvaffaqiyatga erishish motivining kuchliligini xulq-atvor konstruktlarida madaniy strategiyalarga simbioz namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy integrativ sifatlarining yuqori darajada rivojlanganligi isbotlangan;
komil insonga xos sifatlar shakllanishida ma’lum bir vaziyatlarni engib o‘tuvchi xulq ya’ni matonat, taqdirga ishonch, o‘z ustida ishlash xususiyatlarini milliy o‘zlikni anglashga integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli ijobiy tafakkur va emotsiyalarni nazorat qilish bilan bog‘liq sub’ektiv omillar ijobiy ravishda ta’sir etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kubroviya tariqatida komil inson konsepsiyasining psixologik talqinini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
barkamol shaxsni baholashning faktorli differensatsiyasi mezonlari vatanparvarlik, haqgo‘ylik, adolatlilik, beg‘arazlik, sobitqadamlilik sifatlarini shaxs yo‘nalganligiga integrativ rivojlanishi tufayli Kubroviya tariqatidagi umumpsixologik g‘oyalarni shaxs psixik taraqqiyoti qonuniyatlariga simbiozlash asosida dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-46-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyai va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-46a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tasavvuf ta’limotida komil, etuk shaxs g‘oyalarini tahlil qilish, darajaviy ko‘rsatkichlarni umumlashtirish, tasniflash imkoniyatlari yaratilgan;
shaxsdagi axloqiy ong, axloqiy his, axloqiy tafakkurni psixik taraqqiyotdagi genezisiga ko‘ra talabalar o‘quv faoliyatidagi ijtimoiy vaziyatlar, topshiriqlarni o‘zlashtirishida yuqori harakatchanlik, sinchkovlik, zukkolik hamda o‘zini nazorat qila olish bilan bog‘liq sub’ektiv omillarning autoidentifikatsiyada ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli talabalarning ma’naviy ehtiyojlarini psixologik talqin qilish jihatlarini dalillashga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-46-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyai va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-46a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Kubroviya tariqatining mohiyatini, umumpsixologik nuqtai nazardan tahlil qilish, hamda hozirgi davr uchun ahamiyatini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
komil inson haqidagi g‘oyalarning talabalar shaxs xususiyatlarini shakllanishiga ta’siri natijasida milliy g‘oya va mafkuraga sadoqatlilik, nutqiy qobiliyatlilik, vaqtni va vaziyatni chamalashdagi mantiqiylik, vaziyatni autent baholash, faoliyatda muvaffaqiyatga erishish motivining kuchliligini xulq-atvor konstruktlarida madaniy strategiyalarga simbioz namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy integrativ sifatlarining yuqori darajada rivojlanganligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-46-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-46a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning noyob xususiyatlari, ichki imkoniyatlari, fenomenal jabhalari, ularni ro‘yobga chiqarishning umumpsixologik  omillari, ichki mexanizmlari, harakatlantiruvchi kuchini ochib berish imkoniyati aniqlashtirilgan;
komil insonga xos sifatlar shakllanishida ma’lum bir vaziyatlarni engib o‘tuvchi xulq ya’ni matonat, taqdirga ishonch, o‘z ustida ishlash xususiyatlarini milliy o‘zlikni anglashga integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli ijobiy tafakkur va emotsiyalarni nazorat qilish bilan bog‘liq sub’ektiv omillar ijobiy ravishda ta’sir etishini dalillashga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-46-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-46a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada komil insonga taalluqli nazariyalarning hozirgi zamon talqinlari  bilan qiyoslash imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish