Nuritdinova Xurshida Norpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped4820.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kommunikativ kopetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari universal - kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni axborotga sezgirlik, amaliyotga bo‘lgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini barqaror ta’minlash hamda ta’lim taraqqiyoti tendensiyalariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish modeli motivatsion-rag‘batlantiruvchi yo‘nalganlikning ob’ektiv va sub’ektiv omillarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda qulay ta’lim muhitini yaratish jarayonini ta’limning istiqbolli maqsadlariga mos uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari kommunikativ yo‘naltirilgan, bilimlarni yangilanishi va mantiqiy kompozision ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda bilishga stimulyasiya beradigan o‘yinlar, treninglardan foydalanishga qaratilgan muloqot madaniyati kursini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish mezonlari rejalashtirish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda tashkiliy-didaktik komponentlarining mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kommunikativ kopetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari universal - kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni axborotga sezgirlik, amaliyotga bo‘lgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini barqaror ta’minlash hamda ta’lim taraqqiyoti tendensiyalariga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-avgustdagi 02-07-3274/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada kommunikativ kompetentlilikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish modeli motivatsion-rag‘batlantiruvchi yo‘nalganlikning ob’ektiv va sub’ektiv omillarini bosqichma-bosqich aniqlash hamda qulay ta’lim muhitini yaratish jarayonini ta’limning istiqbolli maqsadlariga mos uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-avgustdagi 02-07-3274/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari kommunikativ yo‘naltirilgan bilimlarni yangilanishi va mantiqiy kompozision ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda bilishga stimulyasiya beradigan o‘yinlar, treninglardan foydalanishga qaratilgan muloqot madaniyati kursini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-avgustdagi 02-07-3274/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish mezonlari rejalashtirish, ijtimoiy harakatchanlik qobiliyatlarini refleksiv baholash hamda tashkiliy-didaktik komponentlarining mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-avgustdagi 02-07-3274/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish strukturaviy modelini takomillashtirishga erishilgan.