Karimov Komiljon Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida axborot-ta’lim muhitini takomillashtirish” (kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish misolida), 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped89.
Ilmiy rahbar: Djuraev Risboy Xaydarovich,pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar ta’limi tizimida pedagog kadrlar malakasini oshirishning integrallashgan axborot ta’lim muhitini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimida andragogik va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar sintezi asosida axborot-ta’lim muhitini tarmoqli shakllantirish, global loyihalash va modellashtirish kabi funksiyalar mazmuni takomillashtirilgan;
kasb-hunar ta’limi pedagoglarining malakasini oshirish muassasalarining masofaviy axborot-ta’lim muhitida bilimlarni boshqarishning korporativ portalini tashkil etish orqali malaka oshirishning individual dasturlarini o‘qitish metodikasioptimallashtirilgan;
kasb-hunar ta’limi pedagoglarining malakasini oshirish jarayonida tarmoqli masofaviy o‘qitishning konseptual, texnologik, baholash-nazorat kabi funksional xususiyatlari va mustaqil ta’limning “muxbirli” modeli mazmunini integratsiyalash asosida tajriba almashish uyushmasining didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimida tarmoqli masofaviy ta’limning axborot-ta’lim muhiti ishtirokchilari o‘quv faoliyatini kompleks baholash mazmuni differensial-integral metodlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi axborot-ta’lim muhitini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida axborot-ta’lim muhiti komponentlarini takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarori asosida tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom”ida, ko‘rsatib o‘tilgan kasb hunar ta’limi muassasalarining rahbar kadrlari va pedagog kadrlarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning asosiy maqsadlari, vazifalari, shakllari, uslublari va tartiblarini bajarishda foydalanilgan
(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlarini malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida integrallashgan axborot-ta’lim muhiti shakllantirishga oid metodik tavsiyalardan malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida tarmoqli masofaviy o‘qitishning konseptual, texnologik, baholash-nazorat kabi funksional xususiyatlari va mustaqil ta’limning “muxbirli” modelidan umumkasbiy va ixtisoslik fanlar modullarini, malaka oshirishning individual dasturlarini o‘qitishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, o‘quv mazmunini takomillashtirish va ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun xizmat qilgan;
pedagog kadrlar malakasini oshirishning innovatsion tashkiliy-didaktik shakli sifatida masofaviy ta’lim, malaka oshirishda mustaqil ta’limni tashkil qilish modeli, metodlari va shart-sharoitlari, tarmoqli tashkiliy shakl tushunchasi, masofaviy ta’limda tarmoqli axborot-komunikatsiya muhitining asosiy texnologik komponentlari va modeli, malaka oshirish tizimida axborot-kommunikatsiya muhitni mustaqil ta’limda qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari majmuasi I1-XT-0-11142 raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida pedagogning mustaqil ta’lim olishga va o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 maydagi 89-03-1682-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.