Bekchanova Valida Baxram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asosli futerovkani qayta ishlash asosida pech futerovkasining hizmat muddatini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2850.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Farxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Elektr yoy pechi futerovkasining xizmat muddatini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr yoy pechini futerovkasining emirilishbardoshliligini texnologiyasi futerovka tarkibiga olovbardosh elementlar issiqbardoshlik xossasi asosida ishlab chiqilgan;
pech futerovkasining emirilishini kamaytirish texnologiyasi suyuqlantirib olinayotgan qotishma haroratiga bogʻliqlik darajasining oʻzgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
suyuqlantirib olinayotgan poʻlat qotishmasiga pech futerovkasini ta’sirini kamaytirish texnologiyasi futerovkaning issiqlik oʻzgarishi qonuniyati asosida ishlab chiqilgan;
suyuq qotishmaga flyus kiritish orqali shlakning hosil boʻlish intensivligini ta’minlash texnologiyasi flyus nashkil etuvchilarining kimyoviy xossalsri asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asosli futerovkani qayta ishlash asosida pech futerovkasini xizmat muddatini oshirish texnologiyasini takomillashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida:
Pech futerovkasini magnezit bilan shibbalash tehnologiyasi “Lida Metal Technology” QK MChJ zavodida joriy etilgan tashkilot (2023 yil 30 yanvardagi №1/00 – 0033 – son ma’lumotnomasi). Natijada pech futerovkasining eyilishbardoshliligini 10 – 15 % ga oshirish imkonini bergan.
Pech futerovkasining emirilgan joylarini tiklash texnologiyasi “Lida Metal Technology” QK MChJ zavodida joriy etilgan tashkilot (2023 yil 30 yanvardagi №1/00 – 0033 – son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan texnologiyaning joriy qilinishi pech futerovkasini ishlash muddati 1,2 – 1,3 barobarga oshirish imkonini bergan.
Kam uglerodli poʻlat qotishmasini suyuqlantirishda inert gazlari bilan ishlov berish texnologiyasi “Lida Metal Technology” QK MChJ zavodida joriy etilgan (2023 yil 30 yanvardagi №1/00 – 0033 – son ma’lumotnomasi). Natijada qotishma tarkibidagi gazlarning miqdori 8 – 10 % ga kamaytirish imkonini bergan.