Xolmirzaev Nozimjon Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olish hamda mahsulot eyilishbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2857.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Abdulaziz Abdullajonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olish hamda mahsulot eyilishbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda elektr – yoy pechiga shixtani ikki bosqichli yuklash texnologiyasi shixta tashkil etuvchilarining suyuq fazaga o‘tishdagi xossalarining o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda qolip aralashmasini tayyorlash texnologiyasi qolip tashkil etuvchilarining issiqlik ta’sirida gaz hosil qilish qobiliyati asosida ishlab chiqilgan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda suyuq metallga pechdan tashqari ishlov berish texnologiyasi kiritilayotgan modifikatorning kimyoviy xossalarining yuqori harorat ta’sirida o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda val modelining qolip ichida joylashishi parametrlari qolip devorlarining issiqlik o‘tkazuvchanligi asosida ishlab chiqilgan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyib olishdagi qolipning konstruksiyasi qotishmaning kristallanish davridagi hajmiy torayish xossasi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olish hamda mahsulot eyilishbardoshligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda elektr – yoy pechiga shixtani ikki bosqichli yuklash texnologiyasi O‘zmetkombinat AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (O‘zmetkombinat Ajning 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida shixtaning elektr – yoy pechi ichidagi suyuqlanish uchun vaqt sarfi 10 – 12 % ga kamaygan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda qolip aralashmasini tayyorlash texnologiyasi O‘zmetkombinat AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (O‘zmetkombinat Ajning 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida qolip aralashmasinining gaz o‘tkazuvchanligi 14 – 16 % ga ortgan;
35XGSL markali po‘latdan katta hajmdagi vallarni quyma usulda olishda suyuq metallga pechdan tashqari ishlov berish texnologiyasi O‘zmetkombinat AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (O‘zmetkombinat Ajning 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida vallarning eyilishbardoshligi 4 – 6% ga ortgan.