Safarov Farxod Anvarovich
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt447
Ilmiy maslahatchi: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini muayyan vaqt oralig‘ida ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar qiymatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatishning to‘liq xarajatlari va xizmatlar natijalarini qiyosiy qiymatli baholash yondashuvi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash yondashuvi ekspert baholashda miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlar va natijalarining ahamiyatliligi va sifat natijalarini maqsadli darajalar bo‘yicha (tarmoq, hudud, mintaqa va xalqaro) qiyosiy baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar infratuzilma va resurs salohiyati kabi omillarga ko‘ra aniqlashtirilib, xizmat ko‘rsatish sohasining yirik va o‘rta, salohiyati etarlicha rivojlanmagan va rivojlanish ko‘rsatkichlari past korxonalar klasterlariga ajratgan holda sohani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish texnologik yondashuvi asoslangan;
Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida xizmatlar hajmi va YaIM o‘sishi hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va shunga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish asoslangan;
respublikada xizmat ko‘rsatish sohasi xizmatlar turlari kesimida xizmatlar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari va xizmatlarning xatarga moyil turlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini muayyan vaqt oralig‘ida ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar qiymatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatishning to‘liq xarajatlari va xizmatlar natijalarini qiyosiy qiymatli baholash yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2021‐2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4987-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi omillar ta’siri natijasida barcha tarmoq va sohalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatiga asoslangan holda ularning o‘zgarishiga ko‘ra holatni vaziyatli boshqarish va istiqboldagi chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash yondashuvini ekspert baholashda miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlar va natijalarining ahamiyatliligi va sifat natijalarini maqsadli darajalar bo‘yicha (tarmoq, hudud, mintaqa va xalqaro) qiyosiy baholashga ko‘ra amalga oshirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tartibi va metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4987-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmat ko‘rsatish korxonalari ahamiyatliligi va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini kompleks baholash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar infratuzilma va resurs salohiyati kabi omillarga ko‘ra aniqlashtirilib, xizmat ko‘rsatish sohasining yirik va o‘rta, salohiyati etarlicha rivojlanmagan va rivojlanish ko‘rsatkichlari past korxonalar klasterlariga ajratgan holda sohani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish texnologik yondashuvi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2021‐2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4987-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarini rivojlantirish davlat dasturlarining maqsadli segmentlarini aniqlashtirish va ular asosida tegishli klasterlarni ajratib olish imkonini bergan;
Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida xizmatlar hajmi va YaIM o‘sishi hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari va shunga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2021‐2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish hududiy dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4987-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi mazkur hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini samaradorligini oshirishda hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
xizmatlar turlari kesimida xizmat ko‘rsatish sohasi xizmatlar hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari va xizmatlarning xatarga moyil turlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi”ni ishlab chiqishda asos sifatida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4987-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishda mavjud imkonyatlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish