Omonov Orif G‘ofur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqjetpes tog‘ ko‘tarilmasidagi oltin ma’danlashuvining geologik-strukturaviy joylashish sharoitlari va moddiy tarkibi (Markaziy Qizilqum)», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM179.
Ilmiy rahbar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Tangirov Abdumutal Isamitdinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oqjetpes tog‘ ko‘tarilmasi hududidagi oltin ma’danlarining geologik-strukturaviy joylashuv sharoitlarini aniqlash, moddiy tarkibini o‘rganish va shu asosda, yopiq hududlarda istiqbolli maydonlarni ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oqjetpes tog‘ ko‘tarilmasidagi ma’dan va qamrovchi tog‘ jinslari o‘zgarishi, oltin ma’dan tanalarining yetakchi morfologik turlari hamda joylashuv sharoitlari asoslangan;
hududning etalon ob’ektlaridagi oltin ma’danlari mineral tarkibi bo‘yicha tabiiy turlarga birlashtirilgan, mahsuldor mineral assotsatsiyalari ajratilgan;
oltin va hamroh elementlarning ma’danlarda tarqalish xususiyatlari aniqlangan va ularning ma’dan izlashda indikatorlik ahamiyati asoslangan;
hududdagi oltin-ma’dan tanalarning joylashuv sharoitlarini nazorat qiluvchi asosiy omillar asoslangan va istiqbolli uchastkalar ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oqjetpes tog‘ ko‘tarilmasi oltin ma’danlarining moddiy tarkibi va joylashuv xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oltin ma’danlarining mahsuldor mineral assotsiatsiyalari, turli oltin ma’danlaridagi oltinning uchrash shakllarini aniqlash bo‘yicha xulosalar Ko‘kpatas DGQE amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 14-avgustdagi 08-2367-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’danlarning mufassal moddiy tarkibini aniqlashga imkon bergan;
ma’dan tanalarning strukturaviy-tektonik joylashuvining nazorat qiluvchi omillari, yetakchi morfo-strukturaviy turlari hamda mineralogik-geokimyoviy xususiyatlariga aniqlik kirituvchi xulosalar Ko‘kpatas DGQE amaliyotiga joriy qilindi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 14-avgustdagi 08-2367-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlashuvini izlab topish ehtimoli yuqori bo‘lgan istiqbolli geologik vaziyatlar bashorat qilingan;
oltin ma’danlarini geologik-strukturaviy va mineralogik-geokimyoviy izlash-bashoratlash majmualari Ko‘kpatas DGQE amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 14-avgustdagi 08-2367-son ma’lumotnomasi). Natijada, 12-, 13- va 14-minerallashgan zonalari istiqbolli uchastkalar sifatida ajratilib, geologik-qidiruv jarayoniga jalb etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish