Sattarov Akmaljon Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turli sohalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan fil`trlovchi buyumlarni metall kukunlarni kiritish usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3223.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Mamarayim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sohalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan fil`trlovchi buyumlarni metall kukunlarini kiritish usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiritish jarayonida qaynayotgan qatlam usulining optimal rejimlari (havo bosimi, kiritilyotgan kichik o‘lchamli kukun diametrini xom ashyoning katta o‘lchamli kukun diametriga nisbati) nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental ravishda o‘rnatilgan, bu bilan birga kiritish jarayonida qaynayotgan qatlam usulining optimal rejimi MKG‘O‘M ning ekspluatatsion xossalarini oshirishi aniqlangan;
qaynayotgan qatlam yordamida kichik o‘lchamli metal kukunlarni oldindan katta o‘lchamli metal kukunlaridan tayyorlab olingan xom ashyo g‘ovaklariga kiritish usuli, an’anaviy usulda (kukunni erkin xolatda qolipda kuydirish) fil`trlashdagi samaradorlik ko‘rsatkichi E1 = 0,045 ga nisbatan yangi hosil bo‘lgan g‘ovak strukturada E1 = 0,065 ga ortganligi aniqlangan;
nazariy va amaliy jixatdan kompleks o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra katta metall kukunlaridan tayyorlangan xom ashyo g‘ovaklariga kichik metall kukunlarini qaynayotgan qatlam yordamida kiritish usulida tayyorlangan maxsulotlarning ekspluatatsion xususiyatlari an’naviy usulda olingan maxsulotlarga nisbatan o‘tkazuvchanligi 1,5 baravar va mexanik mustaxkamligi 2 barobar ortganligi aniqlangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan foydalanib, qaynayotgan qatlam yordamida kiritish usulida suyuqlikni tozalash uchun samarali FM olishning soddalashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
FMni olishda katta o‘lchamli metall kukunlaridan tayyorlangan xom ashyo g‘ovaklariga kichik o‘lchamli metall kukunlarini qaynayotgan qatlam yordamida kiritish usulida fil`tr elementlarini tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan metal g‘ovakli fil`tr elementlar Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Quvamashtex servis” MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan fil`tr elementlar an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga nisbatan o‘tkazuvchanligi 1,5 baravar va mexanik mustaxkamligi 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
brof-10-1 markali bronza, PX18N9T markali yuqori legirlangan po‘latlarnig katta o‘lchamli metall kukunlaridan yasalgan xom ashyo g‘ovaklariga kichik o‘lchamli metall kukunlaini qaynayotgan qatlam yordamida kiritish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Quvamashtex servis” MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyaga ketadigan xarajatlarni 20 % ga tejash imkoniyati yaratilgan.