Aliqulov Adham Xoltoji o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nuqtali kontaktli payvandlash mashinalarining elektrodlari uchun mis asosli materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2849.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nuqtali kontaktli payvandlash mashinalarining elektrodlari uchun mis asosli materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis-xrom asosli qotishmadan iborat kukunli kompozision materialning struktura-faza tarkibi aniqlangan;
mis-xrom asosli qotishmadan iborat kukunli kompozision materialning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
texnologik parametrlar, presslash bosimi va qizdirib pishirish haroratining mis-xrom asosli qotishmadan iborat kukunli kompozision materialning qattiqligi va mustahkamlik chegarasiga ta’siri aniqlangan;
mis-xrom asosli qotishmadan iborat kukunli kompozision materialning elektr xossasiga xromning foiz miqdorining ta’siri aniqlangan;
mis-xrom asosli qotishmadan iborat kukunli kompozision materialni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nuqtali kontaktli payvandlash mashinalarining elektrodlari uchun mis asosli materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan 98% Cu va 2% Sr dan tashkil topgan kukunli kompozision material “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ishlab chiqarish bo‘yicha IIChBda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 24 iyundagi 06-23/01-1168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektrodlarning eyilishbardoshliligini 1,3-1,5 marta oshirish imkonini bergan;
kukunli kompozisiyani 450MPa bosimda presslash va 11000S haroratda qizdirib pishirishdan iborat texnologik rejim “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi ilmiy-texnologik markazida amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 24 iyundagi 06-23/01-1168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozisiyaning qattiqligini 5-7% gacha oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kukunli kompozisiyadan nuqtali kontaktli payvandlash elektrodlarini olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha IIChB” va Ilmiy-texnologik markazida amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2023 yil 24 iyundagi 06-23/01-1168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik siklning vaqtini 2 soatga qisqartirish imkonini bergan.