Samadova Guli Mirjanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘li  hududlardagi karerlarda ochiq konchilik ishlari texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T620. 
Ilmiy maslahatchi: Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Talgamer Boris Leonidovich, texnika fanlari doktori, professor; Kulniyaz Serik Saginovich, texnika fanlari doktori, professor; Alikulov Shuxrat Sharafovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy tadqiqot texnologik universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ruda tanalari noqulay joylashgan tog‘li hududdagi konlarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘li hududdagi konning ko‘ndalang profilining grafo-analitik modeli ishlab chiqilgan hamda har bir hudud ma’lum bir chuqurlik bilan chegaralanganligi va chegaraviy uzunligiga ega chiziqli elementlardan shakllanganligi aniqlangan;
karerning oxirgi chuqurligini ruda tanasining yon bag‘ir qiyalik burchagiga va kon yotqizig‘ining qalinligiga bog‘liqligi o‘rnatilgan;
qoplovchi jinslarning qatlamli va oshib boruvchi xajmlarining ruda tanasining qiyalik burchagi va yon bag‘ir qiyalik burchagiga bog‘liqligi o‘rnatilgan, hamda  ularni hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
tog‘li hududdagi karerlarni qazib olishda texnologik komplekslar turini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar tizimlashtirilgan va ilmiy asoslangan; 
qazib olish ishlari frontining siljish tezligining saqlovchi butunliklar soni va maksimal balandligiga, hamda yotqiziqning qiyalik burchagiga bog‘liqligi o‘rnatilgan, bunda ko‘rinadiki, qazib olish ishlari frontining siljish tezligi saqlovchi butunlik soniga ham, balandligiga ham teskari proporsional holatda o‘zgargarishi aniqlangan; 
kon-kapital ochish ishlarida «osilib turgan» qoplovchi jinslarning xajmini va karerning qurilish muddatini  1-3 yilgacha qisqarishini ta’minlab beruvchi tog‘li hududdagi konlarni qazib olishning kaskadli texnologiyasi asosiy parametrlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tog‘li hududdagi konlarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kon-kapital ochish ishlarida «osilib turgan» qoplovchi jinslarning xajmini, karerning oxirgi chuqurligini aniqlashni va tog‘li hududdagi karerlarni qazib olishda qoplovchi jinslarni xajmini hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Sari-cheku karerida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 19 iyuldagi 07-23/01-1293-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon-kapital ochish ishlarining xajmi  2-2,5 martagacha kamayishi ta’minlanadi va karer aniq o‘lchamlari aniqlash imkonini bergan;  
tog‘li hududdagi konlarni turli tartibda qazib olishda dinamik va xajmiy ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Sari-cheku karerida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 19 iyuldagi 07-23/01-1293-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon ishlarini rivojlantirish, ruda qazib olishni barqarorlashtirish va ruda uchun o‘zgarish koeffisientini 1,6-3,3 marta kamaytirish imkonini bergan;  
tog‘li hududdagi karerlarni qazib olishning ishlab chiqilgan texnologik sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» Sari-cheku karerida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 19 iyuldagi 07-23/01-1293-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona daromadi  an’anaviy qazib olishga nisbatan 1,05 martaga oshadi  va karer yangi gorizontlari qurilishi muddatini 1-2 yilga qisqartirish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish