Qarshiev Alisher Esanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati sharoitida mahalliy va introduksiya qilingan o‘rik navlarini tanlash hamda butashning hosildorlikka ta’siri”, 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx456
Ilmiy rahbar: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jo‘raev Erkin Baxtiyarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiq instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy va introduksiya qilingan o‘rik navlarini qimmatli xo‘jalik belgilari asosida istiqbolli navlarni tanlash hamda bir yillik novdani maqbul kesish uzunligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy va introduksiya qilingan o‘rik navlarining qimmatli xo‘jalik belgilari asosida istiqbolli eksportbop “Shalax”, “Shelechko”, “Krasnoshekiy”, quritishbop “Isfarak Badamskiy”, “Nurafshon”, “Mulla Sadik” va qayta ishlashga yaroqli “Temuriy”, “Burivestnik”, “Isfarak” va “Marokand” navlari ajratib olingan;
maydon birligida 11,1-16,6 s/ga yuqori hosildor – “Monika Blanka”, “Kaloni Kandak”, “Alisher” va “Ruxi Djuvanon Miona”; 10-15 kunga ertapishar – “Nadjimi”, “Shelechko”; 12,8-7,5 m3 hajmga ixcham shox-shabbali – “Subxoni Zarya”, “Temuriy”, “Marokand”; -30-35°S haroratga barboshli “Mulla Sadik”, “Ruxi Djuvanon Miona”, “Sarvari”, qurg‘oqchilikka 51,6-52% chidamli “Nadjimi”, “Subxoni Zarya” va “Sarvari”, kasallik bilan 13,3-14,7% ga kam zararlangan “Nadjimi”, “Sarvari”, “Krasniy Partizan”, “Subxoni Zarya”, “Ruxi Djuvanon Miona ” navlari ekanligi aniqlangan;
o‘rikning bir yillik novdasi 45 sm uzunlikda kesilganda “Salimiy”, “Subxoni Zarya” va “Marokand” navlari 9,8-2,5 m3 hajmdagi ixcham shox-shabbali ekanligi aniqlangan;
bir yillik novdani 30 sm uzunligidan kesilganda Alisher, Monika Blanka, Ruxi Djuvanon Miona, Kaloni Kandak, Subxoni Gigant va Burivestnik navlari 26,5-36,6 s/ga yuqori mahsuldorlikni namoyon qilishi aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida yuqori hosildor navlarni tanlashda butalmaganda 8-10 yoshli Monika Blanka va Kaloni Kandak navlarida (147,1-119,9 %) bo‘lib, 6-8 yoshli Alisher va Burivestnik navlari shox-shabbalarini butashda yillik kuchli o‘suvchi novdasini 30 sm kesish uzunligida 180,2-127,7 % rentabellikka erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida mahalliy va introduksiya qilingan o‘rik navlarini tanlash hamda butashning hosildorlikka ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
tanlab olingan serhosil o‘rik navlarining bir yillik novdalarini kesish usullari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Abraev Faxriddin” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Erteppa serfayz voha” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 02/21-21-06/1246-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, har bir fermer xo‘jaligida yillik o‘suvchi novdalarni ¾ qismi kesilib, shakl berilganda 81,5 s/ga hosil olingan, an’anaviy kesish usuliga nisbatan bir gektar maydondan 6856,4 ming so‘m sof daromad olingan va rentabellik 127,5 % ni tashkil etgan:
tanlab olingan serhosil o‘rik navlarining bir yillik novdalarini kesish usullari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Bobomurod Ro‘ziev” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Erteppa fayzli bog‘” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 25 oktyabrdagi 02/21-21-06/1246-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida, o‘rik daraxtlarini btashning nafaqat hosildorlikka balki biotik va abiotik omillarga chidamliligi oshishi hamda daraxtning maxsuldorlik davrining uzayishiga ham olib kelishi aniqlangan.