Abdullaev Aziz Kurbanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “The peculiarities of the development of transport communications in terms of integration of the countries into the world economy”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1169
Ilmiy rahbar: Mavlanov Ibragim Radjabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: Isadjanov Abduvali Abduraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transport sohadagi jahon ilg‘or amaliyotini har tomonlama tahlil qilish asosida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek manbalarida transport kommunikatsiyalari tushunchasi va transport bilan bog‘liq boshqa tushunchalarning mavjud ta’riflarini chuqur o‘rganish va konseptual apparatlarning torligini hisobga olgan holda transport kommunikatsiyalari tushunchasiga muallifning o‘z ta’rifi ishlab chiqildi;
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi shunigdek logistika tizimi samaradoriligining eng yuqori darajalariga erishgan boshqa davlatlar misolida logistika samaradorligi indeksi hamda eksport va import ko‘rsatkishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi va ilmiy asoslandi;
AQShda to‘plangan ilg‘or tajribani har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish asosida O‘zbekistonda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi kompaniyalarni ishga tushirishda franchayzing biznes modelidan foydalanish bozorda raqobatni kuchaytirish maqsadida taklif qilindi;
Markaziy Osiyo mamlakatlari transport vazirliklari va bojxona organlari vakillari ishtirokida mintaqada transport sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo tuzilmani yaratish taklifi ilgari surildi;
Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda uzoq vaqt davom etadigan bojxona nazorati ayrim tartib-qoidalarini soddalashtirish, shuningdek, bojxona va chegara nazorati tartib-qoidalarini, xususan sohaga so‘nggi axborot texnologiyalarini tadbiq qilish orqali takomillashtirish taklif etildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot doirasida muallif logistika samaradorligi indeksining mamlakat tashqi savdo ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijasida logistika samaradorligi indeksi va eksport-import ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik MDH mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston va logistika tizimi samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan boshqa davlatlar misolida aniqlandi va ilmiy asoslandi. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekiston Eksport va logistika akademiyasining rasmiy veb-sahifasida joylashtirilgan muallifning tahliliy materialiga kiritildi (O‘zbekiston logistika uyushmasi tomonidan taqdim etilgan 2023-yil 10-fevralidagi ALU 10/2023-sonli ma’lumotnoma).
Muallif tomonidan ilgari surilgan bozorda raqobatni kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yangi kompaniyalarni ishga tushirishda franchayzing biznes modelidan foydalanish taklifi “DAS FREIGHT SOLUTIONS” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasini yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan 2024 yilgi yo‘l xaritasiga kiritilgan (“DAS FREIGHT SOLUTIONS” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan taqdim etilgan 2023-yil 4-oktyabridagi 1 DG-sonli ma’lumotnoma).
Markaziy Osiyo mamlakatlari transport vazirliklari va bojxona organlari vakillari ishtirokidagi va mintaqada transport sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo tuzilmni yaratish bo‘yicha dissertatsiya muallifining taklifi Fransiyada nashr etilgan “Markaziy Osiyoda logistika va diplomatiya” nomli qo‘shma monografiyaga kiritildi (EMS, 2022, ISBN: 978-2-37687-610-6, Paris). Ushbu taklif O‘zbekiston hukumatining Markaziy Osiyoda mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, Markaziy Osiyo transport tizimini barqaror rivojlantirish dasturini qabul qilish, Markaziy Osiyo mamlakatlari transport kommunikatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi mintaqaviy Kengashni tuzish bilan bog‘liq tashabbusidan kelib chiqqan (Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Toshkent Jan Mone nomidagi Evropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi tomonidan taqdim etilgan 2022-yil 12-dekabridagi 01/4-1439-sonli ma’lumotnoma).
Muallifning Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlarida, jumladan O‘zbekistonda uzoq vaqt davom etadigan bojxona nazorati ayrim tartib-qoidalarini soddalashtirish, shuningdek, bojxona va boshqa chegara nazorati tartib-qoidalarini, xususan, sohaga so‘nggi axborot texnologiyalarini tadbiq qilish orqali takomillashtirish taklifi “Impex Advisor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2024-yildagi faoliyatini yanada rivojlantirish, mijozlar uchun kengroq imkoniyatlar yaratishga oid yo‘l xaritasiga kiritildi (“Impex Advisor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2023-yil 6-sentabiridagi №: 09/03-3-sonli ma’lumotnoma).