Chiju Ju(Zhu QiJu)ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida AKT/NGN texnologiyalarini qo‘llash orqali unumdorlikni oshirish jarayonlarini modellashtirish», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt32.
Ilmiy rahbar: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Kurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi AKT/NGN texnologiyalariga investisiyalashni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining innovatsion taraqqiyotiga ta’sirini o‘lchash metodologiyasini hamda tarmoq unumdorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida AKT/NGN texnologiyalarini joriy etishning investisiyalash mexanizmi takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida AKT/NGN texnologiyalariga investisiyalashning tarmoq rivoji va samaradorligiga omillarning nisbiy va mutlaq “sof” ta’sirini, resurslarning marjinal unumdorligini ifodalovchi matematik model va optimal hajmini aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish funksiyasining tasnifiy belgilarini umumlashtirish negizida AKT/NGN texnologiyalarini muqobil investisiyalashning modeli yaratilgan va Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasi takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish funksiyasida asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkich taklif etilgan;
taklif etilgan ishlab chiqarish funksiyasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida uzoq muddatli investision siyosatni boshqarish modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho‘jaligida AKT/NGN texnologiyalarini qo‘llash orqali unumdorlikni oshirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida AKT/NGNni joriy etishning investisiyalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi 03/15-3280-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida AKT/NGN texnologiyalarini joriy etish Kobb-Duglas funksiyasi orqali hamda ekspert baholash yordamida hisoblanganda yillik ijtimoiy-iqtisodiy samara 6,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
qishloq xo‘jaligida AKT/NGN texnologiyalariga investisiyalashning tarmoq rivoji va samaradorligiga omillarning nisbiy va mutlaq “sof” ta’sirini, resurslarning marjinal unumdorligini ifodalovchi matematik model va optimal investisiya hajmini aniqlash uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi 03/15-3280-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun yaratilgan ishlab chiqarish funksiyasi AKT/NGN texnologiyalariga jalb qilinadigan investisiyalar hajmini optimallashtirish va ular orqali ishlab chiqarish unumdorligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqarish funksiyasining tasnifiy belgilarini umumlashtirish negizida AKT/NGN texnologiyalariga muqobil investisiyalash modeli va Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasining takomillashtirilgan varianti O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi 03/15-3280-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligining mikro va makro darajasida boshqaruv organlari uchun samarali qarorlar qabul qilish, investisiya jarayonlarini amalga oshirishda adekvat ishlab chiqarish funksiyasini tanlash, kompyuter yordamida uni hisoblash, tahlil qilish imkonini bergan;
ishlab chiqarish funksiyasida asosiy fondlarning takror ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkich O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi 03/15-3280-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan nisbiy ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligidagi joriy va yangidan kiritiladigan asosiy fondlarning nisbiy samaradorligini solishtirish imkonini bergan;
taklif etilgan ishlab chiqarish funksiyasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligida uzoq muddatli investision siyosatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan model O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi 03/15-3280-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ishlab chiqarish funksiyasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida uzoq muddatli investision siyosatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish modeli 2004-2015 yillardagi o‘rtacha RATC ko‘rsatkichi 48,71 %ni, 2015 yilda 49 %ni tashkil etgan.