Berdiqulova Nasiba Erkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion va integratsion texnologiyalarni takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3961.
Ilmiy rahbar: Hasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’limda innovatsion va integratsion texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlilik mazmuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual va fiziologik xususiyatlariga mos keluvchi o‘quv jarayonini tashkil etish darajalarini kognitiv jarayonlarga korrelyativligini ta’minlovchi integratsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikma va malakalari asosida boyitilgan;
boshlang‘ich ta’limda innovatsion va integratsion texnologiyalardan foydalanish modeli o‘quvchilarda olamni idrok etish va sensorik bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda integratsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish tamoyillari bo‘lajak o‘qituvchilarning fundamental va kasbiy bilimlarini xalqaro baholash dasturlariga muvofiq adaptiv integratsiyalashuvchi fanlararo o‘quv materiallari tayyorlash bosqichlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan va rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarining o‘quvchilarda kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish imkoniyatlariga ko‘ra pedagogik integratsiyaning metodik funksiyalarini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion va integratsion texnologiyalarni takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlilik mazmuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual va fiziologik xususiyatlariga mos keluvchi o‘quv jarayonini tashkil etish darajalarini kognitiv jarayonlarga korrelyativligini ta’minlovchi integratsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikma va malakalarni tasniflash asosida boyitishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich maktab pedagogikasi, innovatsiya va uning integratsiyasi” nomli tojik tilidagi o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitening 2022 yil 29 apreldagi 10-son qaroriga asosan berilgan 515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik va uslubiy adabiyotlami tahlil qilish asosida boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun innovatsion va integratsiyalashgan o‘quv texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich ta’limda innovatsion va integratsion texnologiyalardan foydalanish modelini o‘quvchilarda olamni idrok etish va sensorik bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi integrativ dars va integrativ topshiriqlarning funksional komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich maktab pedagogikasi, innovatsiya va uning integratsiyasi” nomli tojik tilidagi o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitening 2022 yil 29 apreldagi 10-son qaroriga asosan berilgan 515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion va integratsiyalashgan boshlang‘ich ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llashning zarur pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy innovatsion va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash texnologiyalarini takomillatirishga oid takliflar “Boshlang‘ich maktab pedagogikasi, innovatsiya va uning integratsiyasi” nomli tojik tilidagi o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitening 2022 yil 29 apreldagi 10-son qaroriga asosan berilgan 515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamonaviy innovatsion va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga tayyorlash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun innovatsion va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini ochib beradigan tavsiyalar “Boshlang‘ich maktab pedagogikasi, innovatsiya va uning integratsiyasi” nomli tojik tilidagi o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universitening 2022 yil 29 apreldagi 10-son qaroriga asosan berilgan 515-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion va integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi oshirilgan.Tadqiqot natijalari asosida boshlang‘ich ta’lim yo'nalishlari talabalari innovatsion va integratsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida talabalar o‘rtasida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha materiallar, tavsiyalar, takliflar va xulosalar ishlab chiqilgan.