Yakubova Iroda Baxramovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarishni takomillashtirish”, 12.00.03. – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Yu156.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor; Choriev Murodjon Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ahmedov Azizxon Dilshodovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik huquqining davomiyligini etmish yilga uzaytirish, mualliflik huquqi obekti, mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxasi kabi tushunchalarning yuridik ta’rifini qonunchilikda aks ettirish takliflari asoslab berilgan;
depozitariylar tomonidan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanishi, shuningdek, mualliflik huquqi obektining depozitariyga saqlash uchun topshirilishi mualliflik huquqi obektining elektron nusxasi Yagona bazaga kiritilishi uchun asos hisoblanishi haqidagi takliflari asoslantirilgan;
mualliflik huquqi obektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanishi haqidagi taklif asoslab berilgan;
yagona bazada mualliflik huquqi obektini saqlovga qabul qilgan depozitariy, mualliflik huquqi obektini saqlash uchun topshirgan huquq egasi, asar muallifi, mualliflik huquqi obektining turi, nomi, yaratilgan sanasi, saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi obektining birinchi marta chop etilgan sanasi (agar u chop etilgan bo‘lsa), asardan foydalanish shartlari, mualliflik huquqi obektining Yagona bazada ro‘yxatga olingan sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi, shuningdek, mualliflik huquqi obektlarining Yagona bazaga kiritilganligi haqidagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanishi haqidagi takliflari asoslantirilgan;
talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorlar bilan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati bo‘yicha shartnoma tuzilishi, shartnomada talabgorlar loyihasining maqsadi, sohasi va faoliyatidan kelib chiqib, ommaviy ofertaga qo‘shimcha tarzda shartlar belgilanishi mumkinligi haqidagi takliflar asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mualliflik huquqining davomiyligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1065-moddasining birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida, shuningdek, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 26-dekabrdagi 06-13/78-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ijod mahsullaridan yanada uzoqroq muddat, ya’ni muallif tomonidan hayoti davomida foydalanish, shuningdek, uning merosxo‘rlari tomonidan manfaatdor bo‘lishni ta’minlashga xizmat qilgan;
mualliflik huquqi obekti, mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxasi kabi tushunchalarning yuridik ta’rifini qonunchilikda aks ettirish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-avgustdagi 12/21-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mualliflik huquqi obekti, mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxasi tushunchalarining aniq tavsif va mohiyatini tashkil etishga xizmat qilgan;
depozitariylar tomonidan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanishi, shuningdek, mualliflik huquqi obektining depozitariyga saqlash uchun topshirilishi mualliflik huquqi obektining elektron nusxasi Yagona bazaga kiritilishi uchun asos hisoblanishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-avgustdagi 12/21-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkilotlarining himoyasidagi obektlarni elektron nazorat nusxalarining yagona bazasida saqlash tartibini muvofiqlashtirishni tashkil etishga xizmat qilgan;
mualliflik huquqi obektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-avgustdagi 12/21-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkilotlari himoyasidagi obektlarni elektron nazorat nusxalarining yagona bazasida muddatsiz saqlash tartibini muvofiqlashtirishni tashkil etishga xizmat qilgan;
yagona bazada mualliflik huquqi obektini saqlovga qabul qilgan depozitariy; mualliflik huquqi obektini saqlash uchun topshirgan huquq egasi; asar muallifi; mualliflik huquqi obektining turi, nomi, yaratilgan sanasi; saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi obektining birinchi marta chop etilgan sanasi (agar u chop etilgan bo‘lsa); asardan foydalanish shartlari; mualliflik huquqi obektining Yagona bazada ro‘yxatga olingan sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi, shuningdek, mualliflik huquqi obektlarining Yagona bazaga kiritilganligi haqidagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Mualliflik huquqi obektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-avgustdagi 12/21-62-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkilotlarining himoyasidagi obektlarni samarali muhofaza qilishga xizmat qilgan;
talabgorlarni maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorlar bilan maxsus rejim ishtirokchisining faoliyati bo‘yicha shartnoma tuzilishi, shartnomaning shakli ishchi organ tomonidan ommaviy oferta tarzida tasdiqlanishi, shartnomada talabgorlar loyihasining maqsadi, sohasi va faoliyatidan kelib chiqib, ommaviy ofertaga qo‘shimcha tarzda shartlar belgilanishi mumkinligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarori bilan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 12/21-51-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi sun’iy intellektga asoslangan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish natijasi sifatida dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.