Matchanova Barno Irkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasi targ‘ibotida fuqarolar ongi va madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari”, 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2.PhD/Fal608.
Ilmiy rahbar: Utamuradov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganov Ravshon Xudoybergan o‘g‘li, falsafa fanlari doktori, dotsent; Musaeva Nodira Maxmudovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasining mohiyatini aholi turli qatlamlari ongiga singdirish ularda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishning falsafiy ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning tarixiy rivojlanish bosqichlaridagi progress va regressning natijalari fuqarolar ijtimoiy madaniyati, siyosiy ongi va  mamlakatdagi beqarorlikda namoyon bo‘lishi, milliy tiklanish davridagi aholi ijtimoiy himoyasiga oid davlat siyosatining olib borilishi barqarorlik va aholi ongida ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi asoslangan;
milliy yuksalish jarayoniga nisbatan tanqidiy fikr bildiruvchi, faol  fuqarolik pozisiyasini namoyon etuvchi aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishishda indikator vazifasini bajarishi zaruriyat sifatida yangi avlod boshqaruv kadrlarini tayyorlash mexanizmi  ekanligi ochib berilgan;
 milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari taraqqiyot jarayonlaridagi islohotlar inson mehnatini qadrlash, jamoa ongini shakllantirish va  ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdagi informatsion, ijtimoiylashuv bilan bog‘liq sotsiomadaniy, dunyoqarashni aks ettiruvchi identifikatsion omillarning akseologik, epistemologik, metodologik kabi falsafiy jihatlari asoslangan;
globallashuv sharoitida davlatlararo xalqaro aloqalarni takomillashtirishda makroiqtisodiy barqarorlikga erishish, fuqarolarning ijtimoiy ongi va siyosiy madaniyatida yurt tinchligi hamda obodligiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘usini shakllantirish mexanizmi sifatida amal qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasi targ‘ibotida fuqarolar ongi va madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonning tarixiy rivojlanish bosqichlaridagi progress va regressning natijalari fuqarolar ijtimoiy madaniyati, siyosiy ongi va  mamlakatdagi beqarorlikda namoyon bo‘lishi, milliy tiklanish davridagi aholi ijtimoiy himoyasiga oid davlat siyosatining olib borilishi barqarorlik va aholi ongida ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi VI - “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” yo‘nalishiga oid vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 5 maydagi №02-22/398-son ma’lumotnomasi). Natijalar Markazning mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish va ma’naviyat sohasidagi yangi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
milliy yuksalish jarayoniga nisbatan tanqidiy fikr bildiruvchi, faol  fuqarolik pozisiyasini namoyon etuvchi aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga erishishda indikator vazifasini bajarishi zaruriyat sifatida yangi avlod boshqaruv kadrlarini tayyorlash mexanizmi  ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining fuqarolar bilan ishlash va ular ongiga ijtimoiy siyosiy islohotlar mazmunini singdirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023 yil 4 maydagi 02/02-24-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektorati va aholining siyosiy madaniyatini oshirishga, milliy tarixni xolis o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan vazifalar ijrosida fuqarolarning siyosiy faolligi, o‘zligini anglash, daxldorlik tuyg‘sini shakllanishiga xizmat qilgan;
milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari taraqqiyot jarayonlaridagi islohotlar inson mehnatini qadrlash, jamoa ongini shakllantirish va  ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdagi informatsion, ijtimoiylashuv bilan bog‘liq sotsiomadaniy, dunyoqarashni aks ettiruvchi identifikatsion omillarning akseologik, epistemologik, metodologik kabi falsafiy jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 13 apreldagi 4-13-21-953-son ma’lumotnomasi). Natijalar Agentlikning “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasining targ‘iboti borasidagi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ularning aholi turli qatlamlarida yangilanayotgan jamiyatimizdagi islohotlar va o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishiga doir ishlarini tizimlashtirishga xizmat qilgan.
globallashuv sharoitida davlatlararo xalqaro aloqalarni takomillashtirishda makroiqtisodiy barqarorlikga erishish, fuqarolarning ijtimoiy ongi va siyosiy madaniyatida yurt tinchligi hamda obodligiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘usini shakllantirish mexanizmi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Axborot agentligining axborotlarni saralash tanlash va aholiga etkazish faoliyatini ti zi mli tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining 2023 yil 8 iyundagi 01-23/519-son ma’lumotnomasi). Natijalar, xalqaro aloqalarni takomillashtirishning ahamiyatini tushunish va uni yangi bosqchiga ko‘tarish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish