Babadjanov Xasan Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi transformatsion jarayonlar», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar119.

Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagiToshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi transformatsiya jarayonlarini O‘zbekiston tarixining mustaqillik yillarida tarix fanida ishlab chiqilgan yondashuvlarga asoslangan holda ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Ikkinchi jahon urushi yillarida davlat va mudofaa tizimi butunligini saqlab qolinishida iqtisodiy transformatsiya jarayonlarining samaradorlik jihatlari, iqtisodiyotni harbiy izga o‘tkazishda amalga oshirilgan tashkiliy tadbirlarning kamchiliklari ko‘rsatib berilgan;

Sobiq Ittifoq iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilinishi natijasida O‘zbekistonda harbiy-sanoat kompleksi yaratilishi va faoliyati dinamikasi ochib berilgan;

O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan transformatsiya jarayoni ta’sirida sodir bo‘lgan ijtimoiy adaptatsiyaning respublika aholisi turmushi, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan;

transformatsiya natijasida O‘zbekiston iqtisodiyotini kadrlar bilan ta’minlash va mutaxassislar tayyorlash tizimida sodir bo‘lgan tadrijiy sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi transformatsion jarayonlarini tadqiq etish jarayonida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar va olingan natijalar asosida:

Ikkinchi jahon urushi yillarida oliy ta’lim tizimi faoliyatidagi muammolar tahlili, urush yillarida O‘zbekistonga ko‘chirilgan oliy ta’lim muassalari va ilmiy tashkilotlar faoliyatini tashkil etilishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2012–2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-79985 raqamli “O‘zbekistonda ta’lim tarixi va tarixshunosligi: tajriba, muammolar, rivojlanish va o‘rganish istiqbollari” mavzusidagi fundamental loyihaning “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda ta’lim tizimi” qismini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 3/1255-987-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi urush yillarida O‘zbekistonda kadrlar tanqisligini e’tiborga olgan holda sanoat ishchilarini tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini tashkil etish jarayonlarini tarixiy faktlar asosida ochib berilishida ilmiy asos bo‘lgan;

O‘zbekistonga ko‘chirilgan korxonalar, asosiy xo‘jalik tarmoqlari faoliyati tegishli arxiv hujjatlari va davriy nashr ma’lumotlaridan 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida” bo‘limini qayta rekonstruksiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 3/1255-987-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzey ekspozisiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shu mavzuga oid R-837, R-93 va R-95 fondlarida saqlanayotgan noyob hujjatlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning fashizm ustidan erishilgan g‘alabasiga qo‘shgan hissasi, respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar va aholining joylashtirilishi bo‘yicha muammolar, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, aholining maishiy turmushi va ijtimoiy muammolari masalalari «Oilaviy» telekanali orqali 2017 yil 9 mayda namoyish etilgan «Oila mundarijasi» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 26 yanvardagi 39-39-126-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ko‘rsatuv orqali urush boshlanishi bilan front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlagan xalqimizning olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyatini  aniq ma’lumotlar asosida jamoatchilik e’tiboriga etkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish