Rasulov Inom Muydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped234.
Ilmiy rahbar: Tolipov O‘tkir Qarshievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori; Babomurodov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalaritalabalarida loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan «Mavzuli virtual-pedagogik al`bom», «Virtual xarita», «Harakatlarni kodlash» ta’lim texnologiyalari integrativ funksiyalar (ijodkor shaxsni shakllantirish, o‘quv materiallarini improvizatsiya qila olish)ga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirish modeli, pedagogik faoliyatning ta’minoti (konseptual, huquqiy, makon-vaqt, metodik), bosqichlari (motivatsion, loyihalash, monitoring) va baholovchi mezonlar (mustaqil fikrlash, bashoratlash, tanqidiy baholash, kreativ, modellashtirish) kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron axborot ta’lim muhitida talabalar loyihalash madaniyatining rivojlanganlik darajasi grafikli va amaliy dasturlar paketining funksional imkoniyatlari asosida kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini integrallash bo‘yicha aniqlangan;
talabalarning loyihalash madaniyati sifatlari (erudisiya, texnik layoqat, kreativ qobiliyat, ijodkorlik, intuisiya, refleksiv qobiliyat)ni differensial yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirishga oid takliflar 5110700-Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti mazmuniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 10 martdagi 84-sonli buyrug‘i bilan singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 26 fevraldagi qarori bilan tasdiqlanib, O‘z DSt36.1357-son raqam bilan Davlat ro‘yxatiga olingan). Natijada tegishli o‘quv fanlari mazmuni boyitilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida «Ta’limda axborot texnologiyalari», «Kompyuter grafikasi», «Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» kurslarini o‘qitish jarayonida talabalarning loyihalash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan «Mavzuli virtual-pedagogik al`bom», «Virtual xarita», «Harakatlarni kodlash» kabi ta’lim texnologiyalari ishlab chiqilgan; talabalar loyihalash madaniyatining rivojlanganlik darajasi samaradorligini aniqlovchi monitoring tizimining statistik ob’ektivligi «3DMax», «CorelDraw», «Adobe Photoshop», «AutoCAD», «iSpring», «Microsoft Office» dasturlari asosida takomillashtirilgan; zamonaviy sharoitda loyihalash madaniyatiga ega bo‘lishning shaxs kamolotiga ta’siri talabalarning loyihalash madaniyati sifatlarini kompyuter texnologiyalari vositasida differensial yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan; bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual, professional, ma’naviy-ahloqiy sifatlari loyihalash madaniyati, pedagogik faoliyatning ta’minoti, bosqichlari va baholovchi mezonlari asosida takomillashtirilgan; (OO‘MTVning 2017 yil 9 oktyabrdagi 89-03-2268-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kompyuter texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanib, loyihalash madaniyatini rivojlantirishga imkon yaratilgan;
tadqiqot materiallaridan Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining YoA-1-26 raqamli «Kasb ta’limi metodikasi» fanidan elektron metodik majmua yaratish» (2016–2017 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (TDPU rektorining 2017 yil 28 fevraldagi 118-U sonli buyrug‘i). Mazkur takliflar talabalarning loyihalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirishga xizmat qilgan.