Ismadiyarov Yashin Utkirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy pedagogik ta’lim tizimida innovatsion menejmentni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. DSc/Ped6.
Ilmiy maslahatchi: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maksud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy pedagogik ta’lim tizimida innovatsion menejmentni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining boshqaruv faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko‘p komponentli tuzilmaviy-mantiqiy modeli iqtisodiyot sohalarining kadrlar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablariga ustuvorlik berish mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
ta’lim menejerlarini innovatsion faoliyatga tayyorlash mexanizmlari tuzilmaviy-mantiqiy baholash (assisment texnologiyalari, portfolio tizimi, kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari)ga asoslangan pedagogik monitoringni joriy etish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim tizimida sinergetik, texnologik, innovatsion, gumanistik yondashuvlar asosida boshqaruv kadrlarining innovatsion menejment sohasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyatga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari tuzilmaviy-mantiqiy tizimlashtirishga asoslangan treninglar majmuini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining innovatsion kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda faoliyat turlarini innovatsion yo‘nalishda moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyat sohasidagi kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
menejerlarning oliy pedagogik ta’lim jarayonida marketing, injiniring va benchmarking innovatsiyalar vositasida innovatsion menejment sohasidagi kompetentligi asoslari “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-sonli qarori bilan tasdiqlangan magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 noyabrdagi 87-03-2755-son ma’lumotnomasi). Innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning ushbu metodlari pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqishda qo‘llangan;
ishlab chiqilgan innovatsion menejmentning ko‘p komponentli tuzilmaviy-mantiqiy modeli, ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyatga tayyorligini tuzilmaviy-mantiqiy baholash metodikasi, innovatsion kompetentligini rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti oliy ta’lim tizimi rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 noyabrdagi 87-03-2755-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyatga maqsadli tayyorlash mazmuni takomillashtirilgan, kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish va uning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha bilim, ko‘nikama va malakalarni rivojlantirish mexanizmlari joriy etilgan;
ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligining aniqlangan pedagogik-psixologik shart-sharoitlari oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 noyabrdagi 87-03-2755-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim menejerlarining innovatsion faoliyatga ilmiy yondashuvlar asosida tayyorlash orqali ularning zamonaviy talablarga mos faoliyat olib borish imkoniyatlari yanada kengaytirilgan;
innovatsion menejmentning ko‘p komponentli tuzilmaviy-mantiqiy modeli ITD-1-171-raqamli «Oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarni boshqaruv faoliyatga tayyorlash mazmuni va tuzilmasi» loyihasi doirasida joriy qilingan. Innovatsion menejmentning ko‘p komponentli tuzilmaviy-mantiqiy modelini joriy etishning axborot-metodik ta’minoti oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zaxirasini maqsadli o‘qitish va tayyorlashda ilmiy-metodik manba bo‘lib xizmat qilgan.