Xatamov Tolmas Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Forel balig‘i jigari ekstraktini qo‘zilar organizmiga ta’siri”, 16.00.04–Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V80
Ilmiy rahbar: Xolikov Abror Azamovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Farmonov Sirojiddin Nizomovich, veterinariya fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Forel balig‘i jigari ekstraktidan preparat tayyorlash va preparatni farmakopeya talablari bo‘yicha sinovlardan o‘tkazish hamda qo‘zilar organizmiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
forel balig‘ining jigar ekstraktidan tayyorlangan «Biostimvet» to‘qima preparatining zararsizligi va pirogenlik xususiyati aniqlangan;
«Biostimvet» preparati qo‘llanilgan quyonlar go‘shtining sifati veterinariya-sanitariya jihatidan baholangan;
«Biostimvet» preparatini qo‘zilarning o‘sish va rivojlanishi hamda fiziologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy asoslangan;
«Biostimvet» to‘qima preparatining texnologik yo‘riqnomasi, tashkilot standarti va qo‘llash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Forel balig‘i jigari ekstraktini qo‘zilar organizmiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Forel balig‘i jigari ekstraktidan tayyorlangan to‘qima preparatiga tashkilot standarti va texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan. Ushbu yo‘riqnoma asosida «Biostimvet» to‘qima prepartini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan. (Texnologik yo‘riqnoma Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifat va muomalasini nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi tomonidan 2022 yil 20 iyunda 15583775-001:2022 raqami bilan ro‘yxatga olingan va Intellektual mulk agentligi tomonidan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir №MGU 47302 raqamli guvohnoma olingan). Natijada tashkilot standarti va texnologik yo‘riqnoma talablari asosida «Biostimvet» preparatini ishlab chiqarishga erishilgan;
«Forel balig‘i jigari ekstraktini tayyorlash va uning qo‘zilar organizmiga ta’siri bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 8 iyundagi 02/23-148-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida qo‘zilar tana vaznining ortishini nazoratga nisbatan 560 grammga yuqori bo‘lishiga erishilgan.
Forel balig‘i jigaridan tayyorlangan «Biostimvet» preparatini qo‘zilar organizmiga ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari aniqlanib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Navoiy vilyatining Konimex, Samarqand viloyatining Nurobod va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi qo‘ychilik xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 8 iyundagi 02/23-148-son ma’lumotnomasi). «Biostimvet» preparatini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, 1 bosh qo‘zi hisobiga 42000 so‘mni, sarflangan 1 so‘mga xarajatlar qoplami 4,63 so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish