Tashmatov Sharaf Urokboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Internet savdo xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2149.
Ilmiy rahbar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida internet savdo xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizm-larini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“internet do‘kon” tushunchasining ta’rifi multi va omni-kanalli muhitda iste’molchilar harid xulq-atvoriga bog‘liq holda tovarlarni chakana etkazib berish bilan bog‘liq jihatlarini o‘zida aks ettirishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
internet savdo  xizmatlarini boshqarish modeli internet-savdoning optimallashtirilgan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq xizmatlarni agrega-siyalash va xizmatlar ko‘rsatish reglamenti bo‘yicha tranzaksion harajat-larni optimallashtirishga ko‘ra sinergetik samaraga erishish asosida takomillashtirilgan;
internet-savdoda tovar guruhlarining harid atributlari reytingini baholash usuli iste’molchilarning harid to‘g‘risida qaror qabul qilishiga savdoni onlayn yoki offlayn shaklda tashkil etish va ularning tanloviga tovar atributlari ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirishgan;
internet savdo tizimining tashkiliy-boshqaruv usulini joriy etish, internet do‘kon xizmatlari sifatini oshirish hamda kompleks targ‘ib qilish orqali tovarlarni realizatsiya qilish asosida fulfilment xizmat-lari negizida logistik boshqaruv markazini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“internet do‘kon” tushunchasining multi va omni-kanalli muhitda iste’molchilar xulq-atvori asosida tovarlarni etkazib berish bilan bog‘liq jihatlarini o‘zida aks ettiruvchi takomillashtirilgan ta’rifi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bo‘yicha buyruq (5.12.2022 y., №5) bilan tasdiqlangan 5/48-raqamli guvohnoma asosida 6041250 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi-ning talabalari uchun tayyorlangan “Marketing kommunikatsiyalari” nomli darslikka kiritilgan. Taklifdan foydalanish internet-savdo, internet marketing texnologiyalari ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli ravishda izohlash imkoni kengaytirilib, fan mazmunani boyitilishiga va  taqsimot kanali tasnifini savdo shakli va multi- va omni-kanalli mezoni bo‘yicha takomillashtirish imkonini bergan;
internet-savdoning optimallashtirilgan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq xizmatlarni agregatsiyalash va xizmatlar ko‘rsatish reglamenti bo‘yicha tranzaksion harajatlarni optimallashtirishga ko‘ra sinergetik samaraga erishish asosida internet savdo  xizmatlarini boshqarishning takomillashtirilgan modelidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4986-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish mazkur jarayonlarni samarali boshqarishda uni strategik, tashkiliy va operatsion darajalarda ko‘rib chiqish, internet-savdoning boshqaruv tuzilmasida sinergetik samaraga erishish imkonini beruvchi optimal tashkiliy tuzilmasini shakllanti-rish, xizmatlarni agregatsiyalash, xizmatlar reglamentini belgilash, tranzaksion harajatlarni kamaytirish hamda internet savdo xizmatlari sifatini oshirishga imkon bergan;
tovar guruhlari bo‘yicha harid atributlari reytingini baholash usuli iste’molchilarni harid to‘g‘risidagi qaror qabul qilishiga savdoning onlayn yoki offlayn shaklda tashkil qilish ahamiyati, ularning tanloviga tovar atributlarini ta’sirini aniqlashga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha  taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida amaliyotga joriy qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4986-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish iste’molchilar tomonidan eng ko‘p harid qilinadigan tovar guruhlari bo‘yicha narx darajasini 15,0 foizga pasaytirish imkonini beruvchi marketing strategiyasi ishlab chiqish asosida onlayn-savdoni takomillashtirgan holda uning hajmini oshirish imkonini bergan;
internet savdo xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-boshqaruv usullarini joriy etish, internet-do‘kon xizmatlari sifatini oshirish hamda ularni kompleks targ‘ib qilish usullaridan foydalanish orqali tovarlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash hamda qadoqlash bilan bog‘liq fulfilment xizmatlarini joriy qilish asosida internet savdoda logistik boshqaruv markazi tashkil etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida tashkil qilingan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4986-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish logistik boshqaruv markaz tashkil etish orqali internet savdoda transport-logistik harajatlarini qisqartirish, iste’molchilarning internet do‘kon tovarlariga talabining o‘zgarish sharoitida kelib tushayotgan mijozlar buyurtmalarini saqlash va qayta ishlash xajmini optimallashtirish asosida etkazib berish vaqtini 6,5 martaga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish