Xashirbaeva Dinora Makkambaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Canoat hududidagi korxonalarda ishchilar salomatligiga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini gigienik baholash va oldini olish tadbirlar majmuasini ishlab chiqish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib179.
Ilmiy maslahatchi: Sadikov Askar Usmanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Shimoli-g‘arbiy gigiena va jamoat salomatligi ilmiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:sanoat hududi havosini ifloslanishini, mehnat sharoitlari omillari va ishlovchilari kasbiy hamda shartli kasbiy kasalliklarni oldini olishning kompleks chora-tadbirlar majmuasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sanoat hududidagi ishchilar uchun kasbiy xavfni birgalikdagi va kombinatsion ta’siri, yo‘l qo‘yiladigan mehnat staji hamda mehnat sharoitining sinfi asoslangan;
ishlab chiqarish maydoni uchun yetakchi taxlika sifatida kimyoviy omil asoslanib, kasbiy xavfning sifati va miqdori tavsiflangan;
ish smenasi davomida xavfsiz ish vaqtining davomiyligi, kasallik rivojlanishida kasbiy xavfning etiologik ulushi isbotlangan;
ishlab chiqarish maydonidagi yagona hududda joylashgan turli ishlab chiqarish korxonalari uchun xavfsiz ishlab chiqarish himoya mintaqasiga birinchi bor izoh berilgan hamda yetakchi kimyoviy xavf omilini hisobga olgan holda ishlab chiqarish hududini xavfsiz taqsimlash uchun mezonlar ishlab chiqilgan;
mamlakatimizdagi sanoat hududlarining yagona mintaqasida joylashtirilayotgan korxonalardagi kasbiy xavfni boshqarish bo‘yicha uslubiy yondashuv, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirilishi hamda oqilona rejalashtirilishining gigienik asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat hududidagi korxonalarda ishchilar salomatligiga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ish joylarida yoritilganlik ko‘rsatkichlarini o‘lchashni bajarish usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sanoat korxonlari ish joylarida yoritilganlik darajasini aniqlash va ularning ishchilar organizmiga va salbiy ta’sirini oldini olish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Sanoat majmuasida changni identifikatsiya qilish, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari va organizmga ta’siri» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sanoat korxonlari ish joylarida changlanganlik ta’sirida kelib chiqadigan kasbiy va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
«Zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarni, me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan samarador yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash natijasida mehnat sharoitlari sinfini kamaytirish uslubi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarish korxonalari ishchilarini zararli va xavfli omillar ta’siridan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy himoya vositalarini samarali qo‘llash va ularni mehnat sharoitlari sinifini aniqlashda sanoat korxonlari ish joylarida changlanganlik ta’sirida kelib chiqadigan kasbiy va shartli kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
«Neftni qayta ishlash va kimyoviy ishlab chiqarish korxonalaridan tarkib topgan sanoat majmualarini birlashtirish uchun gigienik talablar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma yagona ishlab chiqarish infrastrukturasiga bir nechta sanoat ob’ektlari birlashtirilganda korxonalar havo basseynining ifloslanishini oldini olishi, kasbiy va shartli kasbiy kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
«Mehnat sharoitlarida biologik omilni baholash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma biologik omillar mavjud bo‘lgan ish joylarida va mikroorganizm bilan muloqotda bo‘ladigan ish o‘rinlariga baholash tartibini o‘rnatish imkonini bergan;
«Ishlovchilar salomatlik holatiga mehnat sharoitlarining ta’sirini kompleks tahlili uchun shartli kasb kasalliklarining ko‘rsatkichlari va uni baholash mezonlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ishlab chiqarishda shartli kasb kasallanishini oldini olish va mehnat sharoitini baholash imkonini bergan;
sanoat hududidagi korxonalarda ishchilar salomatligiga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini gigienik baholash samaradorligini oshirish, ishlarning ish sharoitlari bilan bog‘liq kasbiy kasalliklarini oldini olish va ish sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Farg‘ona azot ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 maydagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Sanoat hududlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar organizmiga xavfli va zararli omillar ta’sirini oqilona gigienik baholash, ularning salbiy ta’sirini oldini olish, asosiy kasbiy malaka guruhlari ish joylari mehnat sharoitlari to‘g‘ri taqsimlanishini tashkillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash, ish sharoitlarni o‘zgartirish natijasida kasb bilan bog‘liq kasallanishlar darajasini 35% kamaytirish imkonini bergan.