Toshev Mo‘min Eshboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo‘lgan oligomerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3831.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xom ashyolar asosida modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar sintezi va ular asosida samarali germetiklovchi materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan yangi samarali modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar olingan;
olingan tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
sintez qilingan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar va ular asosida olingan germetiklarning tuzilishi va xossalari aniqlangan;
tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan tiokol oligomerlar modifikatsiyasining ularning mexanik xossalarining yaxshilanishiga modifikatorning isbotlangan ta’siri isbotlangan;
tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlarning fizik-mexanik xossalari aniqlangan;
tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar asosida germetiklovchi tarkiblar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan tiokol oligomerlar olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar olish texnologiyasi “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasida yangi yuqori samarali ionitlar olish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 19 sentyabrdagi ECO-CER-417-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitlarga chidamli, mexanik mustahkam germetiklovchi va himoyalovchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan oligomer qo‘shimchalar olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosidagi modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasida ikki komponentli polisulfid germetiklar olishda joriy etilgan (“Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 19 sentyabrdagi ECO-CER-417-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida arzon, yuqori samarali, import o‘rnini bosuvchi germetiklovchi materiallar olish imkonini bergan.