Abduvalieva Muqaddam Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3824.
Ilmiy rahbar: Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Luqmon Sirojiddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Jumaeva Zulxumor Ergashevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ba’zi d-metall ionlarining sorbsiyasidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid formaldegid smolani fenolsulfoftalein kislota, trilon B, bromkrezol bilan modifikatsiyalash asosida tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi KFF, KFTB va KFBK markali ionitlar olingan;
sintez qilingan ionitlarning mis(II), nikel(II), rux(II), kobalt(II) va kadmiy(II) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan va ushbu metallarning ionitlarda sorbsiyalanish qatori tuzilgan;
sintez qilingan ionitlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi ionitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, kislorod va oltingugurt bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbamid formaldegid smolani kimyoviy modifikatsiyalash asosida kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasi “Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasida yangi yuqori samarali ionitlar olish uchun amaliyotga joriy etilgan (“Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 4 sentyabrdagi ECO-CER-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan karbamid formaldegid smolani kimyoviy modifikatsiyalash yordamida yangi, yuqori samarali ionitlar olishga imkon bergan;
olingan ionitlar sanoat oqava suvlarini tozalashda “Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Petromaruz-Uzbekistan” xorijiy korxonasining 2023 yil 4 sentyabrdagi ECO-CER-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni og‘ir metallardan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha samarali tozalashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish