Umirzoqov Azamat Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq kon ishlarida dinamik kondisiyalarini qo‘llash asosida mineral xomashyo bazasini operativ boshqarish usullarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1550.
Ilmiy rahbar: Nasirov O‘tkir Fatidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universtiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkadevich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Aleksey Rashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq konchilik ishlarida rudaning foydali komponentining dinamik kondisiyalaridan foydalanish asosida mineral-xomashyo bazasini operativ boshqarishga qaratilgan texnologik echimlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kondagi foydali komponent kondisiyasining dinamik o‘zgarishi asosida mineral xomashyo resurslarining davriy ravishda o‘sishi, konchilik va qayta ishlash majmuasi ishlab chiqarish unumdorligining mos ravishda oshib borishi, tabiiy va texnogen konlarning balans va nobalans zaxiralari chegaralari o‘zgarishi hisobiga xomashyo bazasining kengayishi asoslangan;
ekologik talablar va foydali qazilma sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligini inobatga olgan holda qazib olingan rudadan ishlab chiqilgan hajmining iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan qazib olish tizimi parametrlari va zaxiraning qazib olinganlik  darajasi hamda qazib-yuklash mexanizmlarining parametrlari orasida texnologik bog‘liqlik borligi aniqlangan;
 texnologik oqimlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish, qazib chiqariladigan tog‘ jinsining hajmi va pog‘ona balandligining optimal parametrlarini aniqlash va karerda qazish uchun qo‘llaniladigan kon-transport qurilmalari parametrlariga qo‘yiladigan talablar aniqlangan;
iqtisodiy belgilangan balans ruda-nobalans ruda chegarasi konlarni ochiq usulda qazib olish sharoitida hosil bo‘lgan texnogen resurslarga asoslanib konchilik-qayta ishlash majmuasining samaradorligini oshiruvchi tizim algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ochiq usulda qazib olish ishlarini uzlyuksiz loyihalash va rejalashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, tezkor boshqaruv usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konchilik va qayta ishlash kompleksi samaradorligini oshirish tizimlari algoritmi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Muruntov karerida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 20 yanvardagi 23/01-01-07/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydali qazilmalarni qazib olish koeffisientini oshirish, umumiy xarajatlarni kamaytirish, asosiy va aylanma mablag‘larni muvofiqlashtirish va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
kondisiyalardan foydalangan holda ochiq kon ishlarini uzlyuksiz loyihalash va rejalashtirish tizimi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Muruntov karerida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 20 yanvardagi 23/01-01-07/26-son ma’lumotnomasi.). Natijada, foydali qazilmalarni qazishdagi nobudgarchilikni minimallashtirish va dinamik kondisiyalarni qo‘llashni real sharoitlarga moslashtirish imkonini bergan;
dinamik kondisiyalardan foydalangan holda xomashyo bazasini tezkor boshqarish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Muruntov karerida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 20 yanvardagi 23/01-01-07/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, karer rudasi oqimining sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgaruvchanligini boshqarish, resurslarni tejash, xomashyo bazasini 1,2-1,7 barobar kengaytirish va konchilik va qayta ishlash majmuasining samarali ishlashini 20 yilga uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish