Sagdiev Ravshanbek Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda innovatsion risklarni sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1225
Ilmiy rahbar: Jalilov Sherzod Qahramonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xusanov Durbek Nishonovich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Imomov Umidjon G‘ayratjonovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion risklarni sug‘urtalash amaliyotini istiqbolda rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion risklarni sug‘urtalashda tarif stavkalari nisbatlarining (brutto stavka, netto stavka va yuklama) zararlilik darajasiga qarab shakllantirish taklif etilgan;
innovatsion risklarini sug‘urtalashning (dastlabki sug‘urta qamrovi, patent huquqlarini buzilish holatlaridan sug‘urta qilish, uchinchi shaxslarning patent huquqlarini to‘satdan buzish holatlaridan sug‘urta qilish) mikrosug‘urta turlarini joriy etish taklif etilgan;
innovatsion risklarni sug‘urtalashda turdosh sug‘urta turlaridagi mos bo‘lmagan risklarni ajratib olgan holda intellektual mulk sug‘urtasi risklarining yagona reestiri taklif etilgan;
innovatsion sug‘urta turlari bo‘yicha kompaniyaning doimiy mijozlariga sug‘urta tariflaridan imtiyozlar berish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda innovatsion risklarni sug‘urtalashni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion risklarni sug‘urtalashda tarif stavkalari nisbatlarining (brutto stavka, netto stavka va yuklama) zararlilik darajasiga qarab shakllantirish bo‘yicha taklifi AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son Qarorini amaliyotga tatbiq etish jarayoni foydalanilgan (AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 17 noyabrdagi 07-1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni kompaniya faoliyatiga qo‘llash asosida 2020 yilda innovatsion risklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tarif stavkasining chegara qiymatlari kamaytirilgan.
innovatsion risklarini sug‘urtalashning mikrosug‘urta turlarini joriy etish bo‘yicha taklifi AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” O‘RQ-630-son Qonunini amaliyotda keng qo‘llash jarayonida foydalanib kelinmoqda (AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 17 noyabrdagi 07-1524-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida intellektual mulklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta turi uch ta sug‘urta turi (sug‘urta polisi) bilan to‘ldirildi. Buning natijasida 2021 yilda mazkur sug‘urta turi bo‘yicha kompaniyaning qamrovlilik darajasi 15 foizga oshgan.
Innovatsion risklarni sug‘urtalashda intellektual mulk sug‘urtasi risklarining yagona reestirini shakllantirish bo‘yicha taklifi AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son “2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmon ijrosini iqtisodiy qo‘llab-qo‘vvatlash jarayoni foydalanib kelinmoqda (AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 17 noyabrdagi 07-1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi natijasida intellektual mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 2,6 barobarga (267,5%) o‘sdi, sug‘urta shartnomlari esa mos ravishda 2,5 barobarga (250,7%) oshishiga erishilgan.
Innovatsion sug‘urta turlari bo‘yicha kompaniyaning doimiy mijozlariga sug‘urta tariflaridan tabaqalshagan imtiyozlar berish bo‘yicha taklifi AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son Qarorini amaliyotga tatbiq etish jarayoni foydalanilgan (AJ “Alskom” sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 17 noyabrdagi 07-1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida sug‘urta kompaniyasida so‘nggi uch yil mobaynida sug‘urta polisini xarid qilgan mijozlarga 10 foizgacha, faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ikkita moliyaviy va innovatsion sug‘urta turlaridan esa 20 foizgacha tabaqalashgan imtiyozli tariflar tizimi joriy etilgan.