Ilashov Ziyoviddin Raxmatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkillashtirish usullarini takomillashtirish”; ixtisoslik shifri: 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi; Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
№ B2020.4.PhD/T2020; Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul`teti, Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi professori, t.f.d., dotsent I.I.Siddiqov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy tatqiqot instituti boshlig‘i, t.f.f.d. (PhD), k.i.x., S.M.Djuraevlar tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda insonlar xavfsizligini ta’minlash, qutqaruv ishlarini tashkillashtirishning mavjud usullarini va odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
taklif etilayotgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar paytida odamlarni binodan evakuatsiya qilishni tashkillashtirishning zamonaviy boshqaruv qurulmalariga ega bo‘lgan yangi usullarini joriy etish orqali insonlarning tezkor harakatini belgilangan me’yorlarga nisbatan evakuatsiya qilish vaqtini 15-20% gacha kamaytirishning asosiy parametrlari asoslangan;
taklif etilayotgan tezkor reja va varaqalarning mobil ilova shaklidagi variantini amaliyotga tatbiq etish orqali yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yong‘in joyiga tezkorlik bilan etib borishdagi qiyinchiliklar va tirbandliklarning oldini olish kabi tusiqlarni inobatga olib xarakatlanish jadalligini oshirish mumkinligi aniqlangan;
favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari etib kelgunga qadar yong‘inlarni tezkorlik bilan samarali va ishonchli o‘chirishga hamda odamlarni binodan evakuatsiyasini tashkillashtirishga mo‘ljallangan evakuatsiya rejalarining elektron dastur sifatida takomillashtirilishi binodagi insonlarning favqulodda vaziyatlar paytida to‘g‘ri xarakatlarni mustaqil amalga oshirish imkoniyatini yanada oshirishi mumkinligi aniqlangan;
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining taklif etilgan mobil ilova shaklidagi elektron tezkor reja va varaqalardan foydalanishi va evakuatsiya rejasining elektron dasturi ishlab chiqilishi evaziga avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish samaradorligi 10-15% gacha yaxshilangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkillashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkillashtirishning takomillashtirilgan usullarini amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2023 yilning 12 aprel` kunidagi №42/2-436-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan 2023 yilning 18 aprel` kunidagi №151-2341-sonli dalolatnomalar olingan. 2023 yilning 20 aprel` kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini tashkillashtirishning takomillashtirilgan usullarini amaliyotga joriy etganligi to‘g‘risida № 6/4/32-1164-sonli ma’lumotnoma olingan. Natijada taklif etilayotgan mobil` ilova shaklidagi tezkor yong‘in o‘chirish rejalari yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining xavf xabari bo‘yicha yong‘in joyiga odatdagi tezkor rejalardan foydalanishga nisbatan 3 daqiqadan 5 daqiqagacha ertaroq etib borish, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish imkonini bergan bo‘lsa, evakuatsiya rejasining elektron dasturi ishlab chiqilishi evaziga, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish samaradorligi 10-15% gacha yaxshilangan.