Yangiboev Xurshidbek Nurmuxammad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yong‘in-qutqaruv qismlaridagi maxsus texnikalar sonini optimallashtirish usullarini takomillashtirish (Toshkent shaxar misolida)”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3534.
ilmiy rahbar: Djuraev Sobir Mirzaevich texnika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti bosh inspektor-metodisti, t.f.f.d. (PhD) Raupov Anvarjon Razoqovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi “Umumkasbiy fanlar”kafedrasi boshlig‘i, t.f.d. Murtazaev Quvondiq Mustofoevichlar tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan yong‘in-qutqaruv qisimlarida maxsus texnikalar sonini optimallashtirish usullarini takomillashtirish va yong‘in-qutqaruv maxsus texnikalardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv xizmatlariga favqulodda vaziyatlar va yong‘in hodisalari bo‘yicha kelib tushadigan chaqiruvlarning Puasson oqimiga mosligini tekshirish uchun ishlab chiqilgan chaqiruvlarning nazariy va emperik oqimlarning bir biriga mosligini baholash usuli orqali, yong‘in-qutqaruv qismlaridagi maxsus texnikalar sonini aniqlashni amalga oshirish mumkinligining pessimistik va optimistik usullarini tatbiq etish orqali samaradorlik parametrlari aniqlangan;
yong‘in-qurqaruv qismlariga kelib tushadigan o‘rtacha chaqiruv oqimlarining 6,44 tasi, avtanarvon va avtoko‘targichlarning bitta favqulodda holatlarni bartaraf etishda o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 18,89 daqiligi aniqlangan, ushbu parametrlarning mosligini K.Pirsonning xi-kvadrat muvofiqlik mezoni qiymatdorligi 0,05 aniqlik darajasida kerakli maxsus texnikalarning samarali boshqaruv tizimlari takomillashtiilgan;
yong‘in-qutqaruv qismlariga tushadigan o‘rtacha chaqiruvlarning parametrlari tahlil qilinib, mavjud bo‘lgan avtonarvon va avtoko‘targichlar sonini ehtimollik va ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyalari orqali hisoblab 50 % ga oshirilganda shahardagi favqulodda vaziyatlar va yong‘in muhofazasi uchun ko‘p va yuqori qavatli binolarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun, yong‘in-qutqaruv qismlariga kelib tushadigan chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha vaqti 8,5 % ga kamaytirish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan;
favqulodda vaziyatlar va yong‘in muhofazasi uchun maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari avtonarvon va avtoko‘targichlar sonini aniqlashda qismlariga kelib tushadigan chaqiruvlarga maxsus texnikalarni jalb qilinishi ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasiga muvofiq hisoblanganda, avariya-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish, yong‘inlarni tezkorlik bilan bartaraf etish samaradorligini 90 % gacha oshirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘in-qutqaruv qismlarida maxsus texnikalar sonini optimallashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 30 maydagi 18/4-1543-sonli ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2023 yil 24 maydagi 23/1919-sonli ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi FVV Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining hududiy bo‘limlariga va FVV Akademiyasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVV Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chilonzor tumani FVBning va Sergeli tumani FVBning 2023 yil 6 maydagi 7-sonli va 2023 yil 16 maydagi 12-sonli dalolatnomalari). Natijada, Toshkent shaharining favqulodda vaziyatlar va yong‘in muhofazasi uchun maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari avtonarvon va avtoko‘targichlar sonini 8 tadan 12 taga oshirishga hamda maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalardan foydalanishni 90% gacha oshirish imkoniyatlari yaratilgan.