Jumabaev Timur Jalgasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Futbolchilarning maxsus tayyorgarligini ta’minlashda psixodiagnostik metodlarni qo‘llashning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P312.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi futbolchilarning maxsus tayyorgarligini ta’minlashda psixodiagnostik metodlarni qo‘llashning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbolchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») differensial namoyon bo‘lishi mashg‘ulotlardagi qat’iyatlilik, individual mahoratini «musobaqadan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi orqali emotsional-irodaviy va motivatsion sohalarga ta’sir etish muhimligi dalillangan;
futbolchilarning maxsus psixologik tayyorgarligini aniqlashda ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi tafakkuri kengligi, ijtimoiy mas’uliyat hissi hamda irodaviy sifatlar orqali faoliyatga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi tufayli musobaqa jarayonidagi hissiyot, kayfiyat va faollik ko‘rsatgichlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
futbolchilarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga bog‘liqliq ekanligi isbotlangan;
futbolchilarda musobaqaga psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, g‘alabaga erishish motivatsiyasi ta’sirida rivojlanishiga asoslanib, psixokorreksion faoliyatga mualliflik “Futbolchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash modeli” ni kiritish samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbolchilarning maxsus psixologik tayyorgarligini ta’minlashda psixodiagnostik metodlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
futbolchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashda shaxs hayotiy yo‘nalganligining («ichki», «muloqot» va «faoliyat») differensial namoyon bo‘lishi mashg‘ulotlardagi qat’iyatlilik, individual mahoratni «musobaqadan zavqlanish», «o‘zaro hamkorlik» bilan bog‘liq praksik hislar asosida shakllanishi tufayli emotsional-irodaviy va motivatsion sohalarga ta’sir etish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-47-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning maxsus psixologik tayyorgarligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
futbolchilarni maxsus psixologik tayyorgarligini aniqlashda ulardagi muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi tafakkuri kengligi, ijtimoiy mas’uliyat hissi hamda irodaviy sifatlar orqali faoliyatga bevosita integratsiyasini ta’minlanishi tufayli musobaqa jarayonidagi hissiyot, kayfiyat va faollik ko‘rsatgichlari ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-47-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning futbol jamoalari va futbolchilarga psixodiagnostik metodlarni qo‘llash borasidagi ko‘nikmalarini yanada oshirilganligi kuzatilgan;
futbolchilarda irodaviy sifatlarni shakllanganligi jamoaviy faoliyatda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida rivojlanishiga muvofiq, muvaffaqiyatga intilish motivining namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-47-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasini shakllantirishga doir bilim va ko‘nikmalari oshirilgan;
futbolchilarda musobaqaga psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishda irodaviy sifatlarni shakllantirishning muhimligiga ko‘ra, taktik va intuitiv tafakkur, g‘alabaga erishish motivatsiyasi ta’sirida rivojlanishiga asoslanib, psixokorreksion faoliyatga mualliflik “Futbolchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash modeli” ni kiritish samarali ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-47-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash metodikalarini boyitishga erishilgan.