Turkmenova Alfiya Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi, 13.00.03 –Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2764.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Chicherina Yana Evgenevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi barmoqlarning predmetli-amaliy gimnastikasi va umumiy, mayda qo‘l motorikasini dekorativ, amaliy, ijodiy o‘yinlarga mos oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish hamda topshiriqlarni bajarishda bolaning xatti-xarakatlari, shaxsiy hayotini ijtimoiy borliqqa intensiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish jarayoni subʼektga doimiy eʼtibor qaratish, yaxlitlik va integrativlik tamoyiliga amal qilish, atrof muhitni ijodiy bilish hamda pedagog va bolaning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarini taʼlimiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish samaradorligi nutq vositalarini faktik tekshirish, talaffuz apparatining tuzilishini to‘liq anglash, lug‘at boyligi va tovushlar talaffuzini izchil oshirib borish hamda nutq motivatsiyasi va fikrlar sifatini estetik sog‘lomlashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish modeli nutq va qo‘l faoliyatini bosqichma-bosqich optimalashtirish, nuqson tuzilishini tahliliy oydinlashtirish, harakatni amalga oshirish dinamikligini taʼminlash hamda ichki va tashqi mazmunining umumiyligi va yaxlitligini didaktik infratuzilmaga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-6 yoshli bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi barmoqlarning predmetli-amaliy gimnastikasi va umumiy, mayda qo‘l motorikasini dekorativ, amaliy, ijodiy o‘yinlarga mos oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish hamda topshiriqlarni bajarishda bolaning xatti-xarakatlari, shaxsiy hayotini ijtimoiy borliqqa intensiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 02-07-4404/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada qo‘l mehnati jarayonida 5-6 yoshli bolalar nutqining to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish jarayoni subʼektga doimiy eʼtibor qaratish, yaxlitlik va integrativlik tamoyiliga amal qilish, atrof muhitni ijodiy bilish hamda pedagog va bolaning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarini taʼlimiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 02-07-4404/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada 5-6 yoshli bolalar nutqi rivojlanmaganligini bartaraf etish texnologiyasi takomillashtirilgan;
 5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish samaradorligi nutq vositalarini faktik tekshirish, talaffuz apparatining tuzilishini to‘liq anglash, lug‘at boyligi va tovushlar talaffuzini izchil oshirib borish hamda nutq motivatsiyasi va fikrlar sifatini estetik sog‘lomlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 02-07-4404/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada nutqning umumiy rivojlanmaganligini bartaraf etish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
5-6 yoshdagi bolalarning qo‘l faoliyati jarayonida nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish modeli nutq va qo‘l faoliyatini bosqichma-bosqich optimalashtirish, nuqson tuzilishini tahliliy oydinlashtirish, harakatni amalga oshirish dinamikligini taʼminlash hamda ichki va tashqi mazmunining umumiyligi va yaxlitligini didaktik infratuzilmaga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 02-07-4404/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada 5-6 yoshli bolalarning nutqini qo‘l faoliyati jarayonida rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish