Burieva Firuza Normurotovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar va shakllar rang-barangligi (Usmon Azim va Xurshid Davron misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3073.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Boynazar Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor; Dilrabo  Quvvatova, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi folklor va mumtoz adabiyot anʼanalari, doston, ballada, sonet janrlaridagi mazmuniy-shakliy izlanishlar, poetik fikr rivojlanishida kompozision mutanosiblik, ijodiy g‘oya va badiiyat uyg‘unligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan  iborat:
Usmon Azim  va Xurshid Davron  ijodining janrlar va shakllar tarkibi ochib berilib, har ikkala shoirning ham doston, drama, badia kabi she’riy janr va ikkilik, uchlik, to‘rtlik kabi poetik shakllardan foydalanganliklari aniqlangan;
Xurshid Davron ijodida sonet, rivoyat, ertak turkumlari hamda ”Chumolilar turkumidan” kichik-miniatyur asarlarining, hozirgi she’riyatda nisbatan kam qo‘llangan epitafiya, elegiya hamda uchbitik she’rlarining poetik asoslari, Usmon Azim ijodidagi baxshiyona turkumidagi she’r va dostonlarning milliy qadriyatlar, an'anaviylik, xalqchillik kabi  g‘oyaviy-badiiy jihatlari mavjudligi dalillangan;
Usmon Azim ijodidagi mumtoz adabiyot namoyandalariga ergashish, ular ijodidan ta’sirlanish natijasida tatabbu’, tazmin kabi asarlar yaratilganligi, Xurshid Davron ijodida jahon adabiyoti namoyandalari va zamondosh shoirlarga ergashish tarzida naziralar yozilganligi isbotlangan;  
Xurshid Davron ijodidagi lirik shakllar intim, meditativ, voqeaband, personajli, ijroviy, ijtimoiy-publisistik tarzda ekanligi ochib berilib, meditativ(sof) lirikasi namunalaridagi xalqonalik uning individual uslubini shakllanilishida muhim asos bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida janrlar va shakllar rang-barangligini Usmon Azim va Xurshid Davron ijodi misolida tadqiq etish va mazkur muammoning ilmiy-nazariy jihatlarini ishlab chiqish, ilmiy-amaliy yangiligini belgilash natijalari va xulosalari asosida:
Xurshid Davron ijodida sonet, rivoyat, ertak turkumlari  hamda ”Chumolilar turkumidan” kichik-miniatyur asarlarining, hozirgi she’riyatda nisbatan kam qo‘llangan epitafiya, elegiya, uchbitik she’rlarining g‘oyaviy hamda badiiy talqinlari dalillaridan, Usmon Azim ijodidagi baxshiyona turkumidagi she’rlarning, xalq dostonlari tipidagi asarlar poetikasi asoslangan ilmiy xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 8-fevraldagi 17.01/229-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy she’riyatda jahon adabiyoti hamda o‘zbek  folklori janrlaridagi asarlar tahlili orqali she’r badiiyati xususiyatlari ifodalangani aniqlangan;
Usmon Azim ijodidagi mumtoz adabiyot namoyandalariga ergashish, ular ijodidan ta’sirlanish natijasida yaratilgan asarlar(tatabbu’, tazmin) shuningdek, Xurshid Davron ijodida jahon adabiyoti namoyandalari va zamondosh shoirlarga ergashish tarzida  yozilgan tazminlari dalillangan nazariy xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning adabiyotda an’anaviylik va xalqonalik ifodasi va tadrijini o‘rganishga bag‘ishlangan qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 2-martdagi 17.01/230-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatida salaflarga ergashish, ana’anaviy va xalqona she’riyatning janr-shakl tadriji, poetikasiga oid xulosalar chiqarish imkonini bergan;
Zamonaviy o‘zbek she’riyatiga jahon adabiyotidan kirib kelgan she’riy janr-shakllar,  sonet, epitafiya, elegiya hamda uchbitik she’rlarining poetik asoslari ochib berilgan ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida  foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-iyun 1637/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek she’riyatiga jahon she’riyati janr-shakllari kirib kelish tarixi jarayoniga doir ma’lumotlarning kengayishiga, adabiy hamkorlik haqidagi bilimlarning oshishiga erishilgan;
Xurshid Davron ijodidagi lirik shakllar intim, meditativ, voqeaband, personajli, ijroviy,  ijtimoiy-publisistik tarzda ajratilib, meditativ(sof) lirikasi namunalaridagi xalqonalik uning individual uslubi shakllanishida muhim asos bo‘lganligi aniqlangan fikr va qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limining she’riyat va adabiy tanqid kengashlarida, uyushma qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida Xurshid Davron she’riyatidagi janr va shakllar rang-barangligi, she’riyatda muallif shaxsiyatini akslantiruvchi jihatlari, shoir individual uslubi, asarlaridagi lirik qahramonlar kabi mavzularda adabiy suhbatlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 10-martdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga erishilgan;
Usmon Azim she’riyati, uning  ijodidagi baxshiyona turkumidagi she’r va dostonlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlari, ulardagi folklor motivlari haqidagi tahlil va talqinlar orqali chiqarilgan ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 30-may kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining Usmon Azim ijodiga bag‘ishlangan ruknini  tayyorlashda ham foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi 2023-yil 12-iyundagi 01.07/206-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar hozirgi adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish