Yoldashov Shavkat Sabirboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ot sporti bilan shug‘ullanuvchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida jismoniy tayyorgarlik yuklamalarining optimal nisbatlari”. Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1448.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc. 33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Arziqulov Muqum O‘ralovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ot sporti bilan shug‘ullanuvchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yuklamalar nisbatlarini optimallashtirish orqali jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning egarda barqaror o‘tirishi uchun havo bilan to‘ldirilgan “rezinali maxsus plaforma”, “fitbol” va “yarim sfera” to‘p ustida bajariladigan mashg‘ulotlarni qo‘llash evaziga muvozanatni saqlab qolish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning otsiz va ot bilan bajariladigan mashqlar blok sxemasini qo‘llash hisobiga tirsak, bo‘yin, tos va boldir kabi tananing parsiol qismlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot uslubiyati takomillashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning muvozanat saqlashdagi zaif tomonlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida umurtqa pog‘onasi atrofida chuqur joylashgan pastural mushaklarni rivojlantirishga qaratilgan “ot ustida o‘tirish imitatsiyasi” mashg‘ulotlarini kiritish hisobiga murakkab harakatlarni bajarish imkoniyati oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlar uchun belgilangan haftalik mikrotsikllarda taqsimlangan koordinasion qobiliyat, vestibulyar apparatining barqarorligi va egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan hajm va shiddatli yuklamalarni variativ qo‘llash evaziga yuklamalar nisbati optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning egarda barqaror o‘tirishi uchun “yarim sfera” to‘p ustida oyoq uchida turgan holda, tovonni pastga tushirgan holatda, tizzani bukib va to‘g‘rilab, gavdani ikkala yonga, oldinga va orqaga tashlash yordamchi mashqlar me’yori ishlab chiqilib, Toshkent shahar chavandozlar maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-martdagi 04-01/04/20/2474-son ma’lumotnoma). Natijada tadqiqot yakunida tajriba guruhidagi yosh chavandozlarning jismoniy rivojlanishi 10,3%ni tashkil etgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning tirsak, bo‘yin, tos, boldir kabi tananing parsiol qismlarini rivojlantirishga qaratilgan otsiz va ot bilan bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash «Tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxassislikka kirish (ot sporti)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 428 I/Ch-sonli buyrug‘iga asosan D-0000007 raqamli nashr guvohnomasi). Tadqiqot yakunida tajriba guruhidagi yosh chavandozlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini 14% oshirish imkonini bergan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlarning pastural mushaklarini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar majmuasini amaliyotgan tatdiq etish orqali yosh chavandozlarning maxsus harakatlarni bajarish uslubiyati «Tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxassislikka kirish (ot sporti)» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2022-yil  28-dekabrdagi 428 I/Ch-sonli buyrug‘iga asosan D-0000007 raqamli nashr guvohnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra yosh chavandozlarning mashg‘ulot yuklamalariga chidamlilik darajasi 12,6 %ga oshishiga erishilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh chavandozlar uchun belgilangan haftalik mikrotsikllarda taqsimlangan koordinasion qobiliyat, vestibulyar apparatining barqarorligi va egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan hajm va shiddatli yuklamalarni variativ qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar chavandozlar maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-martdagi 04-01/04/20/2474-sonli ma’lumotnoma). Natijasida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi chavandozlarning jismoniy tayyorgarligining barqaror o‘sish dinamikasi 8,2%ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish