Sobirova Laylo Baxromovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turiga tayyorlashning metodologik asoslari”, Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped412.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped 146.01.
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz shaxslarni golbol sport turiga tayyorlash modulini ishlab chiqish va uni tajribada asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turi mashg‘ulotlarida har bir mezotsiklning uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlikning umumiy (aerob yo‘nalishidagi yugurish va stretching), maxsus (yetakchi jismoniy sifatlar), texnik (xujum), taktik (himoya), musobaqa oldi (tabaqalashtirilgan) vositalarni beshta metodik bloklarga singdirish hisobiga golbolchilarni maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
golbol sport turida murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlarni amalga oshirish uchun vaziyatga bog‘liq holda harakatlanayotgan obektga nisbatan reaksiya ko‘rsatish aniqligi va reaksiya vaqtini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar modeliga vaziyatga qarab texnik harakatlarini kiritish hisobiga o‘yin sur’atini samarali hal qilish imkoniyati optimallashtirilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol mashg‘ulotlarida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tashxislash, jismoniy tayyorgarlik darajalarini baholash va texnik harakatlarni amalga oshirishda uzviyligini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulot texnologiyasidagi maqsad-model, tashxis-diagnostika, baholash va bashorat qilish, psixologik-xususiyat, tahlil-analiktika komponentlarini takomillashtirish hisobiga golbolchilarni musobaqalarga variativ tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning musobaqa  faoliyatidagi xatti-harakatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zini boshqarishda vaximalilikni oldini olishga qaratilgan psixologik tayyorlash modeliga sensomotorik va intellektual faoliyatni rivojlantiruvchi operativ hujum qilish turlarini mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga golbolchilarni start oldi psixologik holatini optimal saqlab turish imkoniyati kengaytirilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning individual taktik harakatlarini rivojlantirish uchun to‘psiz va to‘p bilan aylanma usullarda uchburchak, zinama-zina hamda to‘g‘ri chiziqli pozitsion hujumga qaratilgan interaktiv taktik rejalarni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga taktik tayyorlash modeli takomillashtirilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning aylanib to‘p otish texnikasini o‘rgatishda golbol sport turi vositalari asosida to‘pni tutish, aylanishga tayyorlanish, aylanish va oxirgi kuch berishga tayyorlanish, oxirgi kuch berish fazalar ketma-ketligini mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga turli xil sharoitlarda to‘p otish texnikasini o‘rgatish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport mashg‘ulotlariga tayyorlashda ishlab chiqilgan model va unda qo‘llanilgan vosita hamda usullar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol sport turi mashg‘ulotlarida har bir mezotsiklning uzlyuksizligini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlikning umumiy (aerob yo‘nalishidagi yugurish va stretching), maxsus (yetakchi jismoniy sifatlar), texnik (xujum), taktik (himoya), musobaqa oldi (tabaqalashtirilgan) vositalarni beshta metodik bloklarga singdirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356/7-140 raqamli guvohnoma). Natijada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi golbolchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 18 % ga yaxshilangan;
golbol sport turida murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlarni amalga oshirish uchun vaziyatga bog‘liq holda harakatlanayotgan obektga nisbatan reaksiya ko‘rsatish aniqligi va reaksiya vaqtini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar modeliga vaziyatga qarab texnik harakatlarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ixtisoslashgan 1-son kasb-hunar maktab ko‘rish qobilatida nuqsoni bor shaxslarning golbol mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 04-01/04/20/3152-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni reaksiyani baholash ko‘rsatkichlari umumiy hisobda 16 % ga yaxshilanishiga erishildi;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni golbol mashg‘ulotlarida jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tashxislash, jismoniy tayyorgarlik darajalarini baholash va texnik harakatlarni amalga oshirishda uzviyligini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulot texnologiyasidagi maqsad-model, tashxis-diagnostika, baholash va bashorat qilish, psixologik-xususiyat, tahlil-analiktika komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356/7-140 raqamli guvohnoma). Natijada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning golbol sport turiga saralash hamda tayyorlash tendentsiyalari 14 % ga yaxshilangan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning musobaqa  faoliyatidagi xatti-harakatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zini boshqarishda vaximalilikni oldini olishga qaratilgan psixologik tayyorlash modeliga sensomotorik va intellektual faoliyatni rivojlantiruvchi operativ hujum qilish turlarini mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar golbol mashg‘ulotlar  jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 04-01/04/20/3152-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi golbolbolchilarning start oldi psixologik holati 20 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning individual taktik harakatlarini rivojlantirish uchun to‘psiz va to‘p bilan aylanma usullarda uchburchak, zinama-zina hamda to‘g‘ri chiziqli pozitsion hujumga qaratilgan interaktiv taktik rejalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston golbol milliy terma jamoasi golbol mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 04-01/04/20/3152-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-mashg‘ulot guruhidagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarni taktik tayyorgarligi umumiy hisobda 18 % ga yaxshilangan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning aylanib to‘p otish texnikasini o‘rgatishda golbol sport turi vositalari asosida to‘pni tutish, aylanishga tayyorlanish, aylanish va oxirgi kuch berishga tayyorlanish, oxirgi kuch berish fazalar ketma-ketligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar 1-son kasb-hunar maktabning ko‘rish qobilatida nuqsoni bor shaxslar golbol mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 7 apreldagi 04-01/04/20/3152-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi golbolchilarni to‘p otish texnikasiga o‘rgatish asosida mashg‘ulotlarni takomillashtirish uslubiyati  umumiy hisobda 16 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish