Davlatova Lola Tilapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybolga o‘rgatishda maxsus harakat imkoniyatlarini oshirish uslubiyati”. Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2314.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Rahmatova Dilnoza Nigbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Palibaeva Zulfiya Xalmaxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybol sport turiga o‘rgatishda samarali mashqlar majmuini saralab olish orqali maxsus tayyorgarligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy, texnik, funksional tayyorgarlik (nafas olish va nafas chiqarish) holatiga ko‘ra mezotsikllar davomida maxsus oyoq amputatsiyasidagilar uchun yotgan holdagi statik mashqlar majmuini qo‘llash hisobiga paravoleybolchilarning harakat faolligi rivojlantirilgan;
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy (tezkor-kuch, chidamlilik) sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan haftalik mikrotsikllarga anaerob rejimni singdirib, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash hisobiga musobaqalarda yuqori natijaga erishish imkoniyati kengaytirilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan va oyoq amputatsiyasidagi paravoleybolchi talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tayyorgarlik moduliga maxsus, yaqinlashtiruvchi va texnik vositalarni kiritish hisobiga musobaqalarda yuqori natijaga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybolga o‘rgatishda tayanch-harakat apparati shikastlangan va oyoq amputatsiyadagilar uchun nogironlik nazologiyasiga qarab tabaqalashtirilgan dasturni mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga integral tayyorgash uslubiyatini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport tasniflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan mashqlar majmui va unda qo‘llanilgan vosita va usullar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy, texnik, funksional tayyorgarlik (nafas olish va nafas chiqarish) holatiga ko‘ra mezotsikllar davomida maxsus oyoq amputatsiyasidagilar uchun yotgan holdagi statik mashqlar majmuasi bo‘yicha taklifva tavsiyalar “Adaptiv sport o‘yinlarini o‘qitish metodikasi (voleybol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgust 356-sonli buyrug‘iga asosan 356/7-138 raqamli guvoxnoma). Natijada imkoniyati cheklangan talabalarni harakat faolligi 17,2% ga oshishiga erishilgan;
imkoniyati cheklangan talabalarning jismoniy (tezkor-kuch, chidamlilik) sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan haftalik mikrotsikllarga anaerob rejimni singdirib, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash bo‘yicha takliflar adaptiv jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talabalarining paravoleybol mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 02-07-08-5415 son ma’lumotnomasi). Natijada texnik usullarni bajarish umumiy xisobida 14-16% ga yaxshilanishiga erishilgan;
tayanch-harakat apparati shikastlangan va oyoq amputatsiyasidagi paravoleybolchi talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tayyorgarlik moduliga maxsus, yaqinlashtiruvchi va texnik vositalarni adaptiv jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talabalarining paravoleybol mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 02-07-08-5415 son ma’lumotnomasi). Natijada tayanch-harakat apparati shikastlangan va oyoq nozologiyasi mavjud talabalar jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 20% ga yaxshilangan;
imkoniyati cheklangan talabalarni paravoleybolga o‘rgatishda tayanch-harakat apparati shikastlangan va oyoq amputatsiyadagilar uchun nogironlik nazologiyasiga qarab tabaqalashtirilgan dastur bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani sport o‘yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paravoleybol mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 02-07-08- 5415 son ma’lumotnomasi). Maxsus tayyorgaligida imkoniyati cheklangan talabalarning tezkor-kuch sifatlari 18 % ga yaxshilangan.