Taniberdiev Akbarjon Abduganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3771.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umarova Zaxro Abduraxim qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari axborot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimlilik, ko‘rgazmalilik, moslashuvchanlik, modullilik, ishonchlilik, qulaylilik, xavfsizlik, mobillik, avtomatlashtirilganlik tamoyillarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra yaxlitlash hamda ta’lim sub’ektlari faoliyatini istiqbol maqsadga muvofiq o‘zaro idientiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi integrallashgan o‘quv jarayonini optimallashtirishning o‘quv-ilmiy axborot resurslarini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik-metodik va texnik-tashkiliy talablarning reproduktiv-metodik, produktiv-metodik xususiyatlarini o‘zlashtirish darajalari taksonomiyasiga mos ravishda barqaror hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish texnologiyalari elektron ta’lim tizimiga moslashgan o‘quv-ilmiy axborot resurslarini tizimli-faoliyatli va kompetentli-kognitiv yondashuvlar asosida virtual borliq va mobil texnologiyalarga intensiv moslashtirish hamda korporativ tarmoq tarkibiy tuzilmaning ta’lim jarayonida foydalanish modelining talablariga dinamik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish metodikasi “Blended learning”, “On-line” “Off-line” texnologiyalari modellarini o‘zaro adaptiv muvofiqlashtirish hamda ta’lim olish imkonini taqdim etishga qaratilgan ta’lim jarayoni sub’ektlari hamkorlik faoliyatini jadal uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv jarayonida korporativ tarmoq texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minotdan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari axborot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimlilik, ko‘rgazmalilik, moslashuvchanlilik, modullilik, ishonchlilik, qulaylilik, xavfsizlik, mobillik, avtomatlashtirilganlik tamoyillarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra yaxlitlash hamda ta’lim sub’ektlari faoliyatini istiqbol maqsadga muvofiq o‘zaro idientiv muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-43 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada korporativ tarmoq texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minotini yaratish va takomillashtirishning konseptual tamoyillarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi integrallashgan o‘quv jarayonini optimallashtirishning o‘quv-ilmiy axborot resurslarini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik-psixologik, didaktik-metodik va texnik-tashkiliy talablarning reproduktiv-metodik, produktiv-metodik xususiyatlarini o‘zlashtirish darajalari taksonomiyasiga mos ravishda barqaror hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-43 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim 5110100 – Matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan. Natijada integrallashgan o‘quv-ilmiy axborot resurslarni yaratishga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish texnologiyalari elektron ta’lim tizimiga moslashgan o‘quv-ilmiy axborot resurslarini tizimli-faoliyatli va kompetentli-kognitiv yondashuvlar asosida virtual borliq va mobil texnologiyalarga intensiv moslashtirish hamda korporativ tarmoq tarkibiy tuzilmaning ta’lim jarayonida foydalanish modelining talablariga dinamik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-43 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv-metodik resurslarni taqdim etish imkoniyatini yaratuvchi korporativ tarmoq tarkibiy tuzilmasi, ta’lim jarayonida foydalanish modelini yaratish va uning dasturiy platformasini ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
korporativ tarmoq texnologiyalari asosida ta’lim jarayonlarining axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish metodikasi “Blended learning”, “On-line” “Off-line” texnologiyalari modellarini o‘zaro adaptiv muvofiqlashtirish hamda ta’lim olish imkonini taqdim etishga qaratilgan ta’lim jarayoni sub’ektlari hamkorlik faoliyatini jadal uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarmoq texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-43 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada korporativ tarmoq texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minotdan ta’lim jarayonida foydalanish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.