Rayimqulov Jahongir Qulmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasini muqobil konstruktiv parametrlarini tanlash va asoslash”, 05.06.02 -“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/T2701.
Ilmiy rahbar: Quliev Toxir Mamarajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennokovich, texnika fanlari doktori, professor, Ismailov Alisher Abdulxaevich Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasi texnika fanlari nomzodi, professori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash uskunasini muqobil konstruktiv parametrlarini tanlash va ishlab chiqishdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning takomillashtirilgan kurakcha shaklidagi  qoziqlaridan tashkil topgan qoziqli baraban ishlab chiqilgan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining takomillashtirilgan qoziqli barabanining konstruktiv, kinematik va texnologik bog‘lanishlari, dinamik modellar asosida ishlab chiqilgan;
  paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining takomillashtirilgan qoziqli baraban qoziqlari, baraban o‘qi bo‘yicha burilish burchagini aniqlash asosida tozalash mashinasi  samaradorligini oshirish xisobiga muqobil parametrlari aniqlangan;
  ko‘p omilli tajribalar asosida paxtani mayda iflosliklardan tozalagichning  takomillashtirilgan baraban qoziqlarining optimal burilish burchagi xamda qoziqli baraban aylanishlari soni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari qoziqli barabanlarining takomillashtirilgan konstruksiyasini tadqiq etish hisobiga olingan ilmiy ishlar natijalari asosida: paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi “Ozbekiston paxta-toqimachilik klasterlari uyushmasi”ga qarashli korxonada, jumladan, Toshkent viloyatidagi  “REAL AGRO COTTON”UKga  qarashli Qorasuv paxta tozalash korxonasida takomillashtirilgan qoziqlari mavjud qoziqli barabani joriy etilgan (“Ozbekiston paxta-toqimachilik klasterlari uyushmasi”ning 2022-yil 24 noyabrdagi  № 03/22-825 malumotnomasi). Natijada paxta iflosligini, taklif qilingan takomillashtirilgan qoziqli barabanlari qo‘llanilganda mavjud konstruksiyaga nisbatan tozalangan paxta tarkibidagi mayda iflosliklarni kamayganligi,  tozalash samaradorligi  esa 7,9 % ko‘rsatdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish