Sharipov Shuhrat Po‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan mashina tekislagichining texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3359
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” MTUning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalashgan mashina tekislagichining ish jarayonini takomillashtirish va uning kam energiya sarflyagan holda talab darajasidagi ish sifatini ta’minlovchi parametrlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan mashina tekislagichining takomillashtirilgan texnologik ish jarayoni ishlab chiqilgan;
texnologik ish jarayoni takomillashtirilgan tekislagichning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi va parametrlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modellar va analitik ifodalar kombinatsiyalashgan mashinaning yumshatkich va o‘qyoysimon panjalaridan hosil bo‘lgan notekisliklarni talab darajasida tekislanishi ta’minlanishi shartlari hisobga olinib olingan;
takomillashtirilgan tekislagichning ish ko‘rsatkichlarini uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganilgan hamda ularni ifodalovchi regressiya tenglamalari olingan;
takomillashtirilgan tekislagich parametrlarining maqbul qiymatlari uning sifat va energetik ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birga echish orqali aniqlangan;
takomillashtirilgan ish jarayoni va asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning agrotexnik hamda energetik ish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kombinatsiyalashgan mashina tekislagichining texnologik ish jarayoni takomillashtirilgan va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan ish jarayoni va asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan mashinaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 30-maydagi 05/34-06/497-son ma’lumotnomasi). Natijada daladan bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash bo‘yicha barcha texnologik jarayonlarni qo‘shib bajarish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan mashina yaratilgan;
takomillashtirilgan tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashina Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 30-maydagi 05/34-06/497-son ma’lumotnomasi). Natijada erlarni ekishga tayyorlashda mehnat sarfi 25,3 foizga va bir gektar erga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar esa 21,9 foizga kamaygan;
kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 30-maydagi 05/34-06/497-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan ish jarayoni va asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan tekislagich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.