Eshdavlatov Eshpulat Uzakovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ozuqa aralashmasini oqimli usulda tayyorlaydigan resurstejamkor texnik vositalarni ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T681
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Astanakulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor; Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Karshiev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilik ferma va komplekslari, klasterlari hamda mustaqil ozuqa aralashmalari ishlab chiqaruvchi korxonalari sexlarida ozuqa aralashmasini oqimli usulda tayyorlashda texnologik jarayonning uzlyuksizligi, energiya va resurstejamkorligi, yuqori ish unumi va sifatini ta’minlaydigan texnik vositalarning parametr va ish rejimlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik shoxli chorva mollari uchun dag‘al va shirali ozuqalar bilan kombikorma va ozuqa qo‘shimchalarini aralashtirib ularga issiqlik va suyuqlik kiritish bilan ishlov beradigan shnek va qaytargichli qopqoq bilan jihozlangan uzlyuksiz ishlaydigan aralashtirgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
shnekning aylanish chastotasi undan uloqtirilgan zarralarning qopqoqqa etib borib unga zarb bilan urilishi va undan qaytarilishi, parametrlari esa aralashtirgichning talab qilinayotgan ish unumini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
qopqoqning ishchi sirtiga joylashtirilgan qaytargichlarning parametrlari aralashtirish kamerasida shnekdan uloqtirilgan ozuqa zarralarining qopqoqdan qaytgandan keyin harakat yo‘nalishi shnekning aylanishiga qarama-qarshi bo‘lmasligi va qopqoq qaytaruvchi sirtidan qaytgan ozuqa zarrachalarining kinetik energiyasini shnekka to‘liq berilishi shartidan asoslangan;
uzlyuksiz ishlaydigan barabanli dozalagichning sektorlari soni va diametri sektorlarining ozuqa qo‘shimchalari bilan talablar darajasida to‘ldirilish va bo‘shatilishi shartidan aniqlangan;
aralashtirish kamerasiga issiqlik va suyuqlik kiritish qurilmasi ishlab chiqilgan va yaxlagan ozuqalarni aralashtirishda ularga issiqlik bilan ishlov berish va quruq ozuqalarni aralashtirishda ularning namligini zootexnik talab darajasida ta’minlash shartidan uning parametr hamda ish rejimlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ozuqa aralashmasini oqimli usulda tayyorlaydigan resurstejamkor texnik vositalarni ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoramolchilik ferma va komplekslari uchun uzlyuksiz ishlaydigan ozuqa aralashtirgich va dozalagichlariga dastlabki talablar va texnik topshiriqlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 05/22-05/4102-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramolchilik ferma va komplekslari uchun energiya va resurstejamkor ozuqa aralashtirgich va dozalagichlarini yaratishga erishilgan;
qoramolchilik ferma va komplekslarida oqimli usulda ozuqa aralashmasini tayyorlashga moʻljallangan uzlyuksiz ishlaydigan aralashtirigichi Qashqadaryo viloyati Mirishkor, Kasbi, Nishon, G‘uzor, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 05/22-05/4102-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud ozuqa aralashtirigich qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 5,3 martagacha kamayishiga erishilgan;
qoramolchilik ferma va komplekslarida sochiluvchan kukunli va mayda donador ozuqa qo‘shimchalarini dozalashda qo‘llaniladigan uzlyuksiz ishlaydigan dozalagich Qashqadaryo viloyati Mirishkor, Kasbi, Nishon, G‘uzor, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 05/22-05/4102-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dozalagich qo‘llanilganda mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 3,94 martagacha kamayishiga erishilgan;
qoramolchilik ferma va komplekslarida oqimli usulda ozuqa aralashmasini tayyorlashga moʻljallangan uzlyuksiz ishlaydigan aralashtirigich va dozalagichlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 05/22-05/4102-son ma’lumotnomasi). Natijada yirik shoxli chorva mollari chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa aralashtirigich va dozalagich ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.