Yakubov Gayrat Zaidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari», 11.00.07 - Geoinformatika (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr151.
Ilmiy rahbar: Muborakov Xamidxon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Prenov Shavkat Mamesalievich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Erni masofadan zondlash ma’lumotlari va GATdan foydalanib yirik masshtabli raqamli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzish texnologiyasini takomillashtirish va undan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba-sinov ishlari asosida kosmik suratlarni ratsional funksiyalar modelida ortotransformatsiyalash aniqligiga tayanch nuqtalarning soni va joylashuvining ta’siri aniqlangan;
relefning global raqamli modellaridan foydalanib kosmik suratlarni 1:10000 masshtab aniqligi darajasida (yo‘riqnomada 0,3 mm) ortotransformatsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan;
kosmik suratlarni qayta ishlashda GAT dasturiy ta’minotlarini qo‘llash asosida 1:10000 masshtabli raqamli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
geografik axborot texnologiyalariga asoslangan GEOBIA usulida qishloq xo‘jaligi obektlarini kosmik suratlar bo‘yicha avtomatik tarzda aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kosmik suratlarni ratsional funksiyalar modelida ortotransformatsiyalash aniqligiga tayanch nuqtalarning soni va joylashuvining tajriba-sinov ishlari asosida aniqlangan ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Qibray va Toshkent tumanlari hududlarining ortofotoplanlarini tuzishda suratlarni fotogrammetrik ishlab chiqish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining 2023 yil 31 iyuldagi № 12-504 son ma’lumotnomasi). Natijada, suratlarni ortotransformatsiyalash uchun dala sharoitida er usti tayanch nuqtalarning o‘rnini o‘lchashga sarflanadigan mehnat va vaqtni qisqartirish imkoni yaratilgan;
relefning global raqamli modellaridan foydalanib kosmik suratlarni 1:10000 masshtab aniqligi darajasida ortotransformatsiyalashning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tasarrufidagi korxonalarda turli relef shakliga ega hududlarning ortofotoplanlarini tuzishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi № 03-03-26 son ma’lumotnomasi). Natijada, turli relef shakliga ega hududlarning yirik masshtabli ortofotoplanlarini yaratishda relefning global raqamli modellaridan foydalanish imkonini bergan;
kosmik suratlarni qayta ishlashda GAT dasturiy ta’minotlarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan 1:10000 masshtabli raqamli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tasarrufidagi korxonalarda er tuzish, erlar monitoringini olib borish va er kadastrini kartografik ta’minlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi № 03-03-26 son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarining yirik masshtabli raqamli kartalarini tuzish va ularning aniqligini baholashda qo‘llanma sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan;
geografik axborot texnologiyalariga asoslanib ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi obektlarini GEOBIA usulida tahlil qilish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tasarrufidagi korxonalarda kadastr massivlarining qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 01 fevraldagi № 03-03-26 son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishda joydagi obektlarni avtomatik tarzda kosmik suratlar bo‘yicha aniqlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish