Ikromov Iqboljon Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1309.
Ilmiy rahbar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ongarbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichining parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni tok ildizlarining arxitektonikasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va asoslangan;
chuquryumshatkich iskanasi va pichog‘ining parametrlari tuproqning uvalanish sifati, tok ildizlarining qirqilish to‘liqligi va sifati belgilangan talablarga mos kelishi hamda tortishga qarshilik kam bo‘lishi hisobga olinib aniqlangan;
chuquryumshatkichning tayanch tekisligidan kombinatsiyalashgan mashina osish qurilmasining pastki taqish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofa uning belgilangan ishlov berish chuqurligiga botishi va shu chuqurlikda barqaror yurishi ta’minlanishi hisobga olingan holda asoslangan;
chuquryumshatkich iskanasining tuproqqa kirish burchagi, eni va harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/22-05/157-son ma’lumotnomasi). Natijada tok qatorlari orasiga ishlov berishda kam energiya sarflyagan holda yuqori ish unumi va sifatiga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan mashina yaratilgan;
ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan mashina chuquryumshatkichli qismining tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/22-05/157-son ma’lumotnomasi). Natijada tok qatorlari orasiga ishlov berishda mehnat sarfi 1,2-1,4 marta va ish unumi 1,8-2,1 martaga ortgan;
parametrlari asoslangan chuquryumshatkich bilan jihozlangan tok qatorlari orasiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/22-05/157-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan chuquryumshatkichlar bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.