Xojaev Azizxon Saidaloxonovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va ichki auditini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. DSc/I261.
Ilmiy maslahatchi: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larning buxgalteriya hisobi va ichki auditini tashkil etish uslubiyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha “343610 (175/1) – Bazaviy to‘lov shartnoma miqdoridan tushgan mablag‘lar”, “343620 (175/2) – Oshirilgan va tabaqalashtirilgan to‘lov shartnoma miqdoridan tushgan mablag‘lar” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha o‘quv jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblar yuzasidan “343630 (175/3)-Kredit modul tizimi bo‘yicha fanlardan qarzdorlik to‘lovlari” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
innovasion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etiladigan Spin-off va boshqa korxonalariga qaytarish sharti bilan “bir moliya yilidan ortiq” yoki “bir moliya yili davomida” shaklida ssuda ajratish hamda ular hisobi uchun alohida ishchi schyotlar ochish taklif etilgan;
talabalar turar joyida yashash uchun olinadigan to‘lov mablag‘larini hisobga olish maqsadida “343640 (175/5) – Talabalar turar joyi uchun xisob kitoblar” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni reyting baholash mezonlari hamda bosh auditor faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida nazorat ob’ektlari qamrovini kengaytirishni inobatga olgan bosh auditorning takomillashgan namunaviy ish rejasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va ichki auditini metodologiyasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha “343610 (175/1) – Bazaviy to‘lov shartnoma miqdoridan tushgan mablag‘lar”, “343620 (175/2) – Oshirilgan va tabaqalashtirilgan to‘lov shartnoma miqdoridan tushgan mablag‘lar” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan. Ushbu berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirining 125-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) «Yagona schyotlar rejasi»ning yangi o‘zgarishida hamda Moliya vazirining 2018 yil 18 dekabrdagi 157-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti»ni shakllaridagi 7-ilovasini o‘zgartish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 30 maydagi 21/2-09235-son ma’lumotnomasi). Natijada analitik schyotlar yordamida oliygohlarning bazaviy, oshirilgan va tabaqalashtirilgan qismi bo‘yicha to‘lov shartnoma majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ob’ektiv axborotlarni olish va tegishli moliyaviy qarorlarni qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha o‘quv jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblar yuzasidan “343630 (175/3)-Kredit modul tizimi bo‘yicha fanlardan qarzdorlik to‘lovlari” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan. Ushbu berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirining 125-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) «Yagona schyotlar rejasi»ning yangi o‘zgarishida hamda Moliya vazirining 2018 yil 18 dekabrdagi 157-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti»ni shakllaridagi 7-ilovasini o‘zgartish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 30 maydagi 21/2-09235-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalaridagi kredit-modul tizimi bo‘yicha talabalarning kredit qarzdorligi bo‘yicha axborotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan;
innovasion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etiladigan Spin-off va boshqa korxonalariga qaytarish sharti bilan “bir moliya yilidan ortiq” yoki “bir moliya yili davomida” shaklida ssuda ajratish hamda ular hisobi uchun alohida ishchi schyotlar ochish taklif etilgan. Ushbu berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 125-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) «Yagona schyotlar rejasi»ning loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 30 maydagi 21/2-09235-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi qoshida tashkil etilgan Spin-off va boshqa korxonalarga innovasion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilgan ssudalarni moliyalashtirish va belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan hisob-kitoblarning shaffofligi hamda aniqligi ta’minlangan;
talabalar turar joyida yashash uchun olinadigan to‘lov mablag‘larini hisobga olish maqsadida “343640 (175/5) – Talabalar turar joyi uchun xisob kitoblar” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan. Ushbu berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirining 125-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) «Yagona schyotlar rejasi»ning yangi o‘zgarishida hamda Moliya vazirining 2018 yil 18 dekabrdagi 157-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) «Byudjet hisoboti»ni shakllaridagi 7-ilovasini o‘zgartish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 30 maydagi 21/2-09235-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar turar joyida yashash amalga oshirilgan to‘lov mablag‘lari bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkoniyatlari ta’minlangan;
ta’lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni reyting baholash mezonlari hamda bosh auditor faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida nazorat ob’ektlari qamrovini kengaytirishni inobatga olgan bosh auditorning takomillashgan namunaviy ish rejasi taklif etilgan. Ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 27-avgustdagi 293-sonli «Vazirlikning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizomi”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 maydagi 4/17-26/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalaridagi bosh auditorlarning ish faoliyati samaradorligini oshirish, nazorat obektlarini kengroq qamrab olish hamda kelgusidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xato va kamchiliklar oldini olish, bosh auditorlarning faoliyat natijadorligini tizimli baholash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish