Nurmuxamedova Yoqutxon Kamolitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Surunkali pielonefrit tashxisi bilan bo‘lgan bemorlarda homiladorlikning gemodinamik va immunologik xususiyatlari", 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1504.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’ruf Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Akbar Xotamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning o‘zgarishi: nazariyva amaliy vaziyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda gemodinamik va immunologik ko‘rsatkichlarni baholash va ularni korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollar immunitet ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan buyrak yallig‘lanishining uzoq va doimiy kechishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
homiladorlik ikkinchi trimestrida gemodinamik o‘zgarishlar zarba va daqiqalik xajmning sezilarli oshishi, periferik qon tomir qarshiligining pasayishi buyraklarda yallig‘lanish jarayoni faollashuvi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
surunkali pielonefrit bilan kasallangan homiladorlarda buyrakda yallig‘lanish jarayonini avj olish xavfini bashorat qiluvchi omillar sifatida anamnezida buyraklarga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, gemodinamik holat va immunologik status o‘zgarishi kabi ko‘rsatkichlar asoslangan.
homiladorlikda kuzatiladigan surunkali pielonefritni davolashda immunokorrektor va tibbiy ozonni qo‘llanilishi kechki gestozlarni va antinatal o‘lim xavfini pasaytirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutiining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 sentyabrdagi 03/89-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish byo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 8 iyundagi 03/1112-sonli xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik: surunkali pielonefrit rivojlanishining patogenetik mexanizmlarida immunitet tizimining rolini, homiladorlikdan oldin mavjud bo‘lgan siydik yo‘llarida simptomsiz bakteriuriyaning ahamiyatini, pastki siydik yo‘llaridan infeksiyaning kirib kelishiga hissa qo‘shadigan ayol siydik ayiruv tizimlarining anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda, xamda yuzaga kelayotgan gormonal nomutanosiblik tufayli, bakteriyalarni yanada katta kolonizasiyasi va yuqori siydik yo‘llarining diskineziyasida surunkali pielonefritni samarali diagnostika usullarini rivojlantirish o‘rganilgani Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 15.06.2023-yildagi 106-sonli buyruq hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2023-yildagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefritda organizmning himoyaviy gormonal tuzilishida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelib, bu o‘z navbatida kasallikning keskin yomonlashishiga olib keladi. Surunkali pielonefritda buyrak to‘qimasiga polimorf hujayraviy leykositlar va T va V-limfositlar kirishi, bu bilan birga tabiiy killer hujayralar hamda neytrofillar funksional faolligi susayishi va immun tizimidagi javob reaksiyasining buzilishi yuzaga keladi. Buning natijasida immun tizimidagi buzilishlar organizmdagi yuqumli va yallig‘lanishli buyrak kasalliklarini surunkali jarayonga o‘tishiga olib keladi. Shuni inobatga olib, amaliyotda bemorlarning immun holatini keng tahlil qilish, buyraklarning zararlanish darajasini 30% dan kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda immun tizimini baholash maqsadida qon zardobida markerlarni aniqlash, kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish iqtisod qilingan. 2) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda immun tizimini baholash maqsadida qon zardobida markerlarni erta aniqlash dori vositalarini homilaga ta’sirini kamayishiga erishilgangan. Xulosa: surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda immun tizimi markerlarini aniqlash erta tashxislashga imkon berib, bir nafar: bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 699 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 224 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda ozon-kislorod aralashmasi bilan davo bakteriatsid, virisid, fungisid, virus qobig‘ining yo‘q qilish ta’siri davo samaradorligini oshiradi, asoratlarni oldini oladi, asoratlangan davrni engil o‘tishiga yordam beradi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtirishi asoslangani Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 15.06.2023-yildagi 106-sonli buyruq hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2023-yildagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda asosiy davo negizida tibbiy ozon vositasini qo‘llash, homiladorlikning ikkinchi trimestrida 94,4% bemorda, uchinchi trimestrida asoratlar kamayishi va kechki gestoz holatlarini oldini olishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) asosiy davo negizida tibbiy ozon aralshmasini kompleks qo‘llash surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarni shifoxonaga yotish qoyidalariga amal qilgan xolda o‘tkazishda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirib, ularning qayta kasallanish holati bartaraf qilinganligi iqtisod qilindi. 2) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori –darmon kam talab etilishiga erishildi. Xulosa: Surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda asosiy davo negizida tibbiy ozon dori vositasi bilan kompleks davolash kasalxonada qayta davolanishni kamaytirishga imkon berib, bir nafar: bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 317 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 87 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy - tadqiqot ishlari natijasida klinik, laboratoriya va instrumental kompleks tahlillar asosida surunkali pielonefritli homilador ayollarni asosiy davolash negizida immunokorrektor – uro-vaksom bilan tibbiy ozon terapiyasini o‘tkazish davo jarayonini tezlashtirishi aniqlangani Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 15.06.2023-yildagi 106-sonli buyruq hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2023-yildagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda uro-vaksom dori vositasini qo‘llash, immunomodulyator, antibakterial, urogenital kasalliklarda immun tizimini mustaxkamlash, hamda bakteriyalar lipid qobig‘ini zararlab, ularga bevosita ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun bu bemorlarda keng spektrdagi antibiotiklar qo‘llashni keskin kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda immun tizimini yaxshilash maqsadida keng spektrdagi antibiotik dori vositalarini nojo‘ya ta’siri va ular bilan uzoq vaqt davolanish kamayganligi iqtisod qilingan. 2) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda preeklampsiya xolatlari va antenatal o‘limni kamaytirishga erishilgan. Xulosa: Surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda immunomodulyator uro-vaksom dori vositasi bilan kompleks davolash antibiotiklarni uzoq vaqt qo‘llashni kamaytirishga imkon berib, bir nafar: bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 260 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlik ikkinchi trimestrida gemodinamik o‘zgarishlar, zarba va daqiqalik xajmning sezilarli oshishi, periferik qon tomir qarshiligining pasayishi buyraklarda yallig‘lanish jarayoni faollashuvi bilan bog‘liqligi aniqlangani Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 15.06.2023-yildagi 106-sonli buyruq hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 20.06.2023-yildagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali pielonefritli homilador ayollarda markaziy gemodinamik parametrlarning qiyosiy tahlili yallig‘lanish jarayonining faolligiga qarab kasallikning kuchayishi bilan qon aylanishining yanada aniq buzilishlariga moyilligini aniqladi. Surunkali pielonefritning kuchayishi paytida tekshirilgan homilador bemorlarda umumiy periferik qon tomir qarshiligining sezilarli darajada oshishi, ZX va DX hajmining pasayishi kuzatildi. Shuni inobatga olib, amaliyotda bemorlarning gemodinamika holatini keng tahlil qilish, buyraklarning zararlanish darajasini 40% dan kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda gemodinamik ko‘rsatkichlarni baholash maqsadida qonning zarba va daqiqalik xajmini, hamda periferik qon tomir qarshiligini aniqlash, kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish iqtisod qilingan. 2) surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda gemodinamik o‘zgarishlarni baholash maqsadida periferik qon tomir qarshiligidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash homiladorlarda kechki gestoz va antenatal o‘lim soni kamayishiga erishilgangan. Xulosa: surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda gemodinamik o‘zgarishlarni aniqlash erta tashxislashga imkon berib, bir nafar: bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 840 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm qo‘llanilgan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 356 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.